
Qozog‘iston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Rikardo Kaka FIFA futzal Jahon chempionati-2024 musobaqasiga qur’a tashlash marosimidan so‘ng turnir haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi.
- Qozog‘iston terma jamoasining guruhdoshlari haqida fikr bildirib o‘tsangiz?
- Oson guruhdan joy olganimiz yo‘q. Barcha raqiblarga qiyin bo‘ladi. Bugungi qur’ada birinchi bo‘lib kimga qarshi o‘ynashimizni bilib oldik. Yangi Zellandiya Jahon chempionatida yangi ishtirokchi. Liviyani ham yangi nom deb aytsak bo‘ladi, ammo ularda mahorat va tajriba yuqoriroq. Ispaniya terma jamoasini tanishtirishning hojati yo‘q. Ispaniya va Qozog‘iston terma jamoalari "qog‘oz"dagi favoritlar.
- Qozog‘iston futzal terma jamoasi so‘ngi mundialda to‘rtinchi o‘rinni qo‘lga kiritgandi va alamli tarzda medallardan quruq qolgandi. O‘zbekistonda o‘tkaziladigan musobaqada jamoangizning maqsadi qanday? Qozog‘iston terma jamoasi yana medallar uchun kurashadimi?
- Maqsadimiz so‘nggi Jahon chempionatidagi natijani yaxshilash. Biz har doim g‘alaba uchun parketga chiqamiz. To‘plagan tajribamiz bizga yordam beradi degan umiddaman.
- O‘zbekiston va Qozog‘iston terma jamoalari pley-off bosqichida bir-biriga to‘qnash kelishi mumkin? Ushbu potensial bahs haqida fikr bildirib o‘tsangiz?
- Guruh bosqichidagi uchta uchrashuvni o‘tkazib olaylik. Pley-offda kim raqibimiz bo‘lishi ham hali noaniq.
- Qozog‘iston terma jamoasi so‘ngi o‘rtoqlik uchrashuvlarida asosan yosh futzalchilarga bilan harakat qilmoqda. O‘zbekistonga qarshi kechgan so‘ngi o‘rtoqlik o‘yinida tarkibda yosh futzalchilardan iborat edi. JCHda ham yosh futbolchilarga imkoniyat berasizmi yoki mundial tarkibda rotatsiya qiladigan vaqt emasmi?
- Jahon chempionatida eskperimentlar qilinadigan musobaqa emas. Mundialga eng kuchli futzalchilarimizni olib kelishimiz aniq. O‘rtoqlik uchrashuvlarida tarkibni o‘zgartirdik ko‘rdik. Jahon birinchiligida bor yo‘g‘i 14ta futzalchi ishtirok eta olamiz. Shu sababli, yoshlarni o‘ylashga imkoniyatimiz yo‘q. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar