date
views 808

Abduvohid Ne’matov "Paxtakor" darvozaboni unga nima degani haqida gapirdi

Abduvohid Ne’matov "Paxtakor" darvozaboni unga nima degani haqida gapirdi
O‘zbekiston Superkubogida "Paxtakor"ga qarshi o‘yindan so‘ng "Nasaf" darvozaboni Abduvohid Ne’matov matbuot anjumanida ishtirok etdi va berilgan savollarga quyidagicha javob qaytardi.

- O‘yin haqida...
- Barcha "Nasaf" muxlislarini Superkubok bilan tabriklayman! O‘yin juda qiyin kechdi va penaltilar seriyasigacha davom etdi. Bunga tayyorgarlik ko‘rgandik va bu bizga qo‘l keldi.

- Penaltini bunday ijro etish oson emas. Buni oldindan rejalashtirib olganmidingiz?
- Darvozabondan hech kim bunday zarbani kutmaydi. Shuning uchun shunaqa tepishga qaror qildim.

- "Paxtakor" darvozaboni sizga nima deb ketdi?
- Har bir penalti tepilgach, menga "qanday gol urding" deb hayratomuz savollar beraverdi (kuladi).

- Muhammadqodir Hamraliyev va Diyor Xolmatov bilan olimpiya terma jamoasida birga o‘ynaysizlar. Ular qaysi tomonga tepishini bilarmidingiz?
- Muhammadqodir Hamraliyevga hazillashib, "Bilasan-a? Qayerga tepishni", dedim (kuladi).
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abduvohid Ne’matov "Paxtakor" darvozaboni unga nima degani haqida gapirdi