date
views 134

Superliga. “Dinamo” “Qizilqum” ustidan ishonchli hisobda g‘alaba qozondi

Superliga. “Dinamo” “Qizilqum” ustidan ishonchli hisobda g‘alaba qozondi
Foto: “Dinamo”
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 10-turida “Dinamo” va “Qizilqum” 30 may, payshanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.

Uchrashuvning 14-daqiqasida Joel Kojo penaltidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. Bo‘lim oxirida samarqandliklar yana bitta penalti tepadigan bo‘ldi. Anvar Hojimirzayev ushbu penaltini aniq amalga oshirdi.

Ikkinchi bo‘limda esa darvozalar ishg‘ol etilmadi va “Dinamo” 2:0 hisobidagi g‘alabani rasmiylashtirdi.

“Dinamo” – “Qizilqum” 2:0
Gollar
: Joel Kojo, 14 pen (1:0), Anvar Hojimirzayev, 45+6 pen (2:0).

“Dinamo”: 1. Ravshanbek Yagudin, 3. Ulug‘bek Abdullayev, 4. Odilbek Abdumajidov, 7. Fransis Narx ( 8. Hislat Halilov, 87), 10. Joel Kojo (99. Muhammadbobir Asadullayev, 90+4) 17. Salim Mustafayev, 20. Ratino, 21. Anvarjon Hojimirzayev (35. Emmanuel Yagr, 83) 22. Sanjar Shoahmedov (11. Damir Temirov, 83), 23. Farrux Ikramov (9. Humoyunmirzo Iminov, 46), 44. Dushan Miyich.

“Qizilqum”: 12. Robert Ozols, 4. Ilhomjon Vahobov, 7. Davron Anvarov (22. Shahzodbek Rahmatullayev, 72), 8. Giorgi Kuxianidze, 10. Elguja Lobjanidze, 11. Akaki Shulaya, 13. Nikolay Tarasov, 17. Muhammadali G‘iyosov, 23. Samandar Shukurillayev 27. Shahboz Jo‘rabekov (14. Fayzulla Qambarov, 46), 77. Fayzullobek Jumanqo‘ziyev.

Ogohlantirishlar: Shahboz Jo‘rabekov (13), Salim Mustafayev (23), Dushan Miyich (56), Odilbek Abdumajidov (87).
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. “Dinamo” “Qizilqum” ustidan ishonchli hisobda g‘alaba qozondi
-->