date
views 1 220

“Shomurodov bizning futbolchilardan aqlli, deganimda, hamma menga tashlangandi!? ”...

“Shomurodov bizning futbolchilardan aqlli, deganimda, hamma menga tashlangandi!? ”...
Rossiyalik mashhur futbol sharhlovchisi Gennadiy Orlov “Sport Ekspress” nashriga bergan intervyusida Rossiya Premer-ligasida porlagan o‘zbekistonlik charm to‘p ustalaridan Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev haqida iliq fikrlar bildirdi.

Orlov Rossiya Premer-ligasida mavsum kashfiyoti sifatida e’tirof etilgan Abbosbek Fayzullayevni o‘zi tanlagan ramziy terma jamoaning o‘ng qanot yarim himoyasiga joyladi.

Mashhur sharhlovchi o‘zining tanloviga qo‘yidagicha izoh berdi.

- Abbosbek Fayzullayev maydonda hamma narsa qila oladi! Bir gal intervyu berib, Eldor Shomurodov futbol intellekti borasida rossiyalik hujumchilarjan ustun ekanini aytganim esimda. O‘shanda ko‘pchilik menga tashlanib ketgan edi.

“Bu nimasi?”, “Nega o‘zimizning o‘yinchilarni pastga uryapsan?” degan savollar bo‘lgan. Bir soniya, to‘xtang, men futbol intellektini nazar tutgandim, tushunyapsizmi?

Oqibatda nima bo‘ldi? O‘zbek hujumchisi A Seriyaga ketdi. Avvaliga “Jenoa”da o‘ynadi, keyin “Roma”ga o‘tdi, bu mavsumni ijara asosida “Kalyari”da o‘tkazdi. Hozir kim buni yuqori daraja emas, deya oladi? To‘xtang, bu Italiya chempionati!

“Kalyari” yuqori diviziondagi joyini saqlab qoldi. Ha, Shomurodovning statistikasi o‘ta yuqori bo‘lmagandir. Chunki u jarohat tufayli ko‘p narsani o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi.

Hozir esa, biz Rossiya Premer-ligasida boshqa o‘zbek talanti – Fayzullayevning o‘yinlarini kuzatyapmiz. Abbosning futbol maktabi juda yaxshi bo‘lgani ko‘rinib turibdi.

Fayzullayev maydonni juda zo‘r ko‘ra oladi, chidamli, qo‘rqmas, kreativ. O‘tkir aql bilan o‘ynayapti, zarbasi ham zo‘r. U hali bor salohiyatini to‘la ochgani yo‘q. Bundan keyin ham o‘sadi
, - dedi Yevgeniy Orlov.

Eldor Shomurodov yakunlangan mavsumda A Seriyada 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, uchtadan gol va assist qayd etdi. U mavsum oxirida jamoaga katta foyda keltirib, sardiniyaliklarning A Seriyada qolishiga munosib hissa qo‘shdi.

Abbosbek Fayzullayev esa, Eldor Shomurodovdan keyin Rossiya chempionatida porlagan o‘zbek futbolchisi sifatida e’tirof etilmoqda. 20 yoshli hujumkor legionerimiz Rossiya Premer-ligasida to‘rtta gol va 11 ta assist muallifi bo‘ldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Shomurodov bizning futbolchilardan aqlli, deganimda, hamma menga tashlangandi!? ”...