date
views 312

Abbosbek Fayzullayev o‘ynayotgan “SSKA” jamoasiga yangi murabbiy tayinlandi

Abbosbek Fayzullayev o‘ynayotgan “SSKA” jamoasiga yangi murabbiy tayinlandi
Foto: Championat
Moskvaning “SSKA” rasmiy saytida Marko Nikolich bosh murabbiy etib tayinlanganini e’lon qildi. Jamoa serbiyalik mutaxassis bilan kelishuvga erishdi, yaqin orada rasmiy shartnoma imzolanadi, deya xabar beradi klub matbuot xizmati.

Avvalroq rus OAV Nikolich “SSKA” bilan ikki yillik shartnoma borasida kelishib olgani haqida xabar bergandi.

Eslatib o‘tamiz, “SSKA” 2023—2024 yilgi mavsumni Rossiya Premer Ligasi turnir jadvalida oltinchi o‘rinda yakunladi. 3 iyun kuni Moskva klubi Vladimir Fedotov jamoa bosh murabbiyligidan chetlatilganini e’lon qildi. Rossiyalik mutaxassis 2022 yilning yozida “SSKA”ni boshqaradi. Fedotov boshchiligida armiya jamoasi 2023 yilgi futbol bo‘yicha Rossiya kubogi g‘olibiga aylandi.

Rossiyada Marko Nikolich Moskvaning “Lokomotiv” klubidagi faoliyati bilan tanilgan. U klubni 2020 yildan 2021 yilgacha boshqargan. Shundan so‘ng Nikolich BAAda ishladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abbosbek Fayzullayev o‘ynayotgan “SSKA” jamoasiga yangi murabbiy tayinlandi