304
Srechko Katanes: "Ertaga asosiy tarkibda katta o‘zgarishlar bo‘lmaydi. Ikkinchi taymda yoshlarga imkon beramiz"
JCH-2026 saralash bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Turkmaniston uchrashuvidan avval matbuot anjumani tashkil qilindi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes va yarim himoyachi Odil Hamrobekov fikrlarini bildirdi.
"Ertangi o‘yinga to‘xtaladigan bo‘lsam, bizda hammasi joyida. Terma jamoaga chaqirilgan futbolchilar tayyor holatda yetib kelgan. Albatta, ularning ayrimlari turlicha formada kelgan, chunki kimdirlar uchun chempionat tugagan. Ba’zi futbolchilar yakshanba, yana boshqalari ancha oldin o‘yinda maydonga tushgan. Qog‘ozda keyingi bosqichga chiqish masalasini hal qilgan bo‘lsakda, muxlislarni xursand qilish uchun o‘ynaymiz", - deydi Srechko Katanes.
Odil Hamrobekov: - Birinchi o‘rinda OTJsini uzoq kutilgan natija bilan tabriklayman. Ertangi o‘yinda murabbiyimiz aytganidek muxlislarni xursand qilish uchun maydonga chiqamiz.
- Murabbiyga avvalo sog‘lik va salomatlik tilaymiz. Ertaga terma jamoamizda katta bosim yo‘q. Shuni hisobga olgan holda darvoza va boshqa chiziqlarda rotatsiyalarni ko‘rishimiz mumkinmi? Sizning boshchiligingizda bu holat kam kuzatiladi...
- O‘yindan oldin tarkib haqida gapirishni istamayman. Sizga aytishim mumkinki, ertaga tarkibda katta va jiddiy o‘zgarishlar bo‘lmaydi. Yangi futbolchilarni jalb qilmoqchi ekansiz, terma jamoa o‘yinini qaytadan tuzishingizga to‘g‘ri keladi. Bu ma’lum bir vaqtni talab qiladi. O‘yinni asosiy tarkibda boshlaymiz va ikkinchi bo‘limda yoshlarga imkon beramiz. Ayrim futbolchilar oxirgi uchrashuvini 20 may kuni o‘tkazgan. Ularga ilk daqiqalardan imkon berish noto‘g‘ri bo‘ladi. Futbolchilardan o‘yinga jiddiy qarashni so‘rab qolardim. Oddiy xatolarga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Oxirgi marotaba mart oyida o‘ynaganmiz, mana endi yig‘ildik, keyingi uchrashuvimiz sentyabr oyida o‘tkaziladi. 6 oy davomida terma jamoada 2-3 ta o‘yin o‘tkazish juda kam. Shu bois asosiy tarkib futbolchilariga ko‘proq o‘yin amaliyoti berishimiz lozim.
- Bu narsa tarkibdagi raqobatga zarar yetkazmaydimi? Futbolchi qachon terma jamoadagi raqobatni his qiladi?
- O‘z tajribamdan kelib chiqib aytsam, tajribali futbolchilar bizni Jahon chempionatiga olib chiqadi. Shomurodov, Shukurov, Masharipov kabi futbolchiilar va yangi o‘sib kelayotgan yosh avlod mundial sari yetaklaydi. Hozirda bizni hamma terma jamoalar hurmat qiladi. Umid qilamanki, keyingi bosqichda barcha futbolchilar sog‘-saloat bo‘ladi. Masalan ertangi o‘yinda o‘zgarishlar qilishim mumkin. Buning muammosi yo‘q. Lekin bundan qanday foyda bo‘ladi? Sentyabr oyida Jahon chempionati saralash bahslari boshlanadi. Biz unda asosiy tarkibdan foydalanamiz. Futbolchilar bir-biriga raqobatchi emas, yordamchi sifatida qarashi kerak. Zamonaviy futbolda zahiradan tushgan futbolchilar o‘yinni o‘zgartirmoqda. Bizda ham bunday holatlar ro‘y berdi. Masalan Abbosbek Fayzullayev zahiradan yoki asosiy tarkibda tushib o‘yinni borishiga ta’sir qila oladi.
- Ayni paytda sog‘lig‘ingiz qanday? OTJ tarkibidagi boshqa futbolchilarni ham kuzatdingizmi?
- Jahon chempionatiga chiqish uchun meni emas, futbolchilarning ruhiy-jismoniy holati yaxshi bo‘lishi kerak. Sog‘ligim haqida to‘liq aytib bersam ancha vaqt kerak bo‘ladi. O‘z vaqtida organizimimni eshitmaganman. Juda ko‘p jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazganman. Shu sababli davolanishga to‘g‘ri kelmoqda. Inson faqat hasta bo‘lganidan keyingina sog‘lig‘i haqida o‘ylar ekan. Ayni paytda sog‘ligim ancha yaxshi. Agar uchinchi marta terma jamoani sog‘ligim tufayli tark etsam boshqa qaytib kelmayman. Ishonchim komilki, bu narsa sodir bo‘lmaydi. Albatta, U-23 jamoasini kuzatib boramiz. Ularni Olimpiadaga yo‘l olgani bilan tabriklab qolaman. Bizda juda yaxshi futbolchilar avlodi shakllangan. Bu bilan manmanlikka berilmaslik, futbolchilarning oyog‘i yerdan uzilmasligi lozim. Barchamizning ruhiy holatimiz Jahon chempionatiga chiqishga tayyor bo‘lishimiz shart. Butun millat Jahon chempionatiga chiqishni istashi kerak. Nafaqat muxlislar, balki OAV ham. Futbolchilar buni his qiladi. Men Sloveniya terma jamoasida ishlaganimda buni boshimdan o‘tkazganman.
- O‘zbekistondan tashqarida turib ham chempionat uchrashuvlarini kuzatdingizmi?
- Albatta, televideniye va kompyuter orqali kuzatib bordik. Sentyabr oyida terma jamoaga kelganimga 3 yil bo‘ladi. Men murabbiylar shtabim bilan o‘yinlarni bo‘lishib olamiz va imkon qadar bitta vaqtda barcha uchrashuvlarni ko‘ramiz. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi