Toshkentning “Lokomotiv” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Murabbiy sifatida ishlab kelgan Aleksandr Stoymirovich yaqinda klubdan ketdi. Bosh murabbiy lavozimida ishlayotgan Yorqin Nazarov o‘rnini rossiyalik Aleksandr Krestinin egalladi. Bu haqida “Lokomotiv” matbuot xizmati quyidagicha xabar qiladi:
«Lokomotiv» PFK rossiyalik murabbiy Aleksandr Krestinin bilan kelishuvga erishganini ma’lum qilamiz.
2019 yil Osiyo Kubogiga o‘z tarixida birinchi bor Qirg‘iziston terma jamoasini olib chiqqan ushbu mutaxassis bundan buyon «Lokomotiv» bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritishi kutilmoqda.
Krestininni futbol ishqibozlari «Bunyodkor»dagi faoliyati orqali ham yaxshi bilishadi. Chunki Aleksandr Sergeyevich o‘tgan yilning ikkinchi yarmida «qaldirg‘ochlar»ga ustozlik qilgandi.
Mavsum boshidan jamoamizni boshqarib kelgan Yorqin Nazarovning klub tizimida qolib, boshqa lavozimga tayinlanishi ham klub rejasidan o‘rin olgan. Aleksandr Krestinin bilan shartnoma imzolanganidan so‘ng murabbiylar shtabida kimlar bo‘lishi haqida batafsil ma’lumot beramiz”, - deyiladi rasmiy xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”