
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Los-Anjeles shahrida 3 avgust kuni professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi.
Musobaqaning asosiy jangi WBA yo‘nalishida jahon chempioni Isroil Madrimov va mag‘lubiyatsiz seriya namoyish etayotgan Terens Krouford o‘rtasida kechadi.
Riyadh Season rahbari Turki al ash-Sheyxning ma’lum qilishicha, reper Eminem turnirning maxsus mehmoni bo‘ladi. Reper asosiy jang oldidan o‘zining bir necha qo‘shiqlarini ijro etadi.

Eminem Kroufordning do‘sti hisoblanadi. Terens o‘tgan yili Errol Spensga qarshi o‘tkazgan chempionlik jangida aynan Eminemning qo‘shig‘i ostida ringga chiqqan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.