«Manchester Siti» jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Manchester derbisi arafasida jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.
«Arag Mourino meni o‘yindan keyin birga ichishga taklif etsa, men buni bajonidil qabul qilaman. Men ko‘p marta aytganman, unga hamisha hurmat bilan qaraganman. Hamisha o‘z hamkasblarimdan, raqiblarimdan o‘rganishga harakat qilaman. Men Mourinodan ham o‘rganganman. Joze Bobbi Robson bilan ishlaganida mening murabbiyim edi.
Madriddagi oxirgi uchrashuvimiz, men o‘shanda «Barselona» bosh murabbiyi edim, oddiy bo‘lmagandi. Lekin biz Mourino bilan 2-3 hafta oldin premer-liga murabbiylari uchrashuvi vaqtida ko‘rishdik va ozroq gaplashdik. Men o‘shanda Ronald Kuman va Toni Pulis bilan ham suhbatlashdim. Barchasi ko‘ngildagidek bo‘ldi. Bizning dushmanlarcha raqibligimiz haqidagi gaplarni jurnalistlar o‘ylab topishgan», – degan murabbiy.
«Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» o‘rtasidagi derbi bahsi 10 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:30da boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Yevropa superklubi O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinchisi transferi bo‘yicha ish boshladi