date
views 618

Abbosbek Fayzullayev faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin

Abbosbek Fayzullayev faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin
O‘zbekiston terma jamoasi va Rossiyaning “SSKA” futbol klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev Ispaniyaning “Vilyarreal” klubida faoliyatini davom ettirishi mumkin. Yevropa klubi Abbosbekni sotib olish bo‘yicha muzokaralarni boshlagani haqida xabarlar mavjud.

Abbosbek Fayzullayevga avvalroq Italiya va Germaniya klublaridan taklif bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo “SSKA” klubi uni jamoa safida qoldirishga qaror qilgan. “Armiyachilar” safida bosh murabbiy o‘zgargani bois Abbosbek Fayzullayevning transferi kun tartibiga chiqqan bo‘lishi mumkin.

GoSport telegram kanali xabariga ko‘ra, Abbosbekning “Vilyarreal”ga o‘tishi masalasi shu oy yakuniga qadar hal bo‘ladi. Transfermarkt Fayzullayevning narxini 6 mln yevroga baholagan.

Eslatib o‘tamiz, “Vilyarreal” klub o‘tgan mavsumda La Ligada 8-o‘rinni egallab, yevrokuboklarda ishtirok etish huquqidan mahrum bo‘lgan.

Avvalroq O‘zbekistonlik futbolchi Lazizbek Mirzayev faoliyatini Ispaniyaning “Leganes” klubida davom ettirishi ma’lum bo‘lgandi.

Abbosbek joriy mavsum “SSKA” tarkibida barcha musobaqalarda 32 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Futbolchi Rossiya Premer Ligasida “Mavsum kashfiyoti” sovrini egasiga aylandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abbosbek Fayzullayev faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin