
6 iyul kuni Dubay shahrida tashkil etiluvchi "Social Knockout 3" turnirida o‘zbekistonlik barchaga tanish bloger Erali Boyqobilov tojikistonlik Abduroziqqa qarshi nihoyat jang kiladigan bo‘lishdi.
Ular o‘rtasida turli xil shoular va nigohlar to‘qnashuvini o‘tkazishdi. Oxir-oqibat jang belgilandi. Biz ushbu jang yuzasidan Eralining murabbiyi Ehson Normuhammedov bilan bog‘landik.
- Ha, 6 iyul kuni Dubayda jang qilamiz. To‘g‘risi, gonorarlar haqida ma’lumotga ega emasman. To‘g‘rirog‘i bugun kechga yoki ertaga hal bo‘ladi. Bu borada O‘zbekiston pankration va greppling assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari Afzal Yunusov muzokara olib bormoqda. Katta ehtimol bilan boks qonun-qoidasi bo‘yicha jang o‘tkazamiz. Yanada batafsil ma’lumotlar tez orada ma’lum bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar