243
Osiyo Chempionlar Ligasi. “Paxtakor” va “Nasaf” klublari qancha mablag‘ ishlab topishi mumkin?
Foto: The-AFC
Toshkentning “Paxtakor” klubi yangi mavsumda Osiyo Chempionlar Ligasining Elite Ligasida ishtirok etadi.
Poytaxt klubi ushbu musobaqada umumiy hisobda 12 million AQSH dollari miqdorida mukofot puli ishlab olishi mumkin. Buning uchun jamoa musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritishi lozim.
“Paxtakor” Liga bosqichidagi ishtiroki orqali 800 ming AQSH dollari ishlaydi. Ushbu summa 1 million dollarga aylanishi uchun jamoa 12 klub ishtirok etadigan guruhni hech bo‘lmaganda 8-o‘rinda yakunlashi talab etiladi.
Foto: “PFL”
Jamoa yarim finalga yo‘l olib o‘z g‘aznasini yana bir million dollarga to‘ldirishi mumkin. Finalga yo‘l olgan jamoa 4 million dollarga ega chiqadi.
“Nasaf” Chempionlar Ligasining ikkinchi toifasidagi musobaqasida ishtirok etadi va agar unda g‘olib chiqsa, 3 280 000 AQSH dollariga ega chiqadi. Jamoaga guruh bosqichidagi ishtirok 300 ming AQSH dollari taqdim etadi. Har bir bosqichdagi muvaffaqiyatli ishtirok orqali jamoa o‘z hisobini to‘ldirib borish imkoniga ega bo‘ladi.
Foto: “PFL”
Qarshi klubi yarim finalga yo‘llanma olish orqali 780 ming dollarga ega chiqadi, final esa ularning g‘aznasiga 1 million dollarni tuhfa qiladi. Bu yildan e’tiboran OFK ayollar o‘rtasida Chempionlar Ligasi musobaqasini ham o‘tkazishni yo‘lga qo‘yadi. Unda O‘zbekiston sharafini “Nasaf” klubi tuzilmasidagi “Sevinch” jamoasi himoya qiladi. Jamoa guruh bosqichidagi ishtirokdan 100 000 AQSH dollari ishlab topadi. Agar musobaqada g‘olib chiqsa, yakunda 1 300 000 dollarga ega bo‘lishi mumkin.
Ma’lumot uchun, guruh bosqichining birinchi o‘yinlari 16—18 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»