
Bugun U-20 Osiyo kubogi saralash bosqichiga qur’a tashlandi. O‘zbekiston U-20 terma jamoasi terma jamoasi "B" guruhida Xitoy Taypei, Bahrayn, Kambodja va Nepal kabi jamoalarga qarshi kurash olib boradi. O‘yinlar Xitoy Taypei mamlakatida bo‘lib o‘tadi.
"Eng asosiysi raqiblarimiz kimligini va saralash o‘yinlari qayerda, qachon bo‘lishini bildik. Bu yaxshi. Ertadan saralash o‘yinlariga qanday tayyorlanish haqida reja ishlab chiqishni boshlaymiz. Shu reja bo‘yicha ishlaymiz. Eng katta muammo iqlim bo‘lishi mumkin. Sababi kuzda Xitoy Taypeida namlik juda yuqori va issiq bo‘ladi. Mana shu ob-havoga moslashish yo‘llarini izlaymiz.
Guruhdagi hech qaysi jamoaga qarshi o‘ynamaganmiz, ularning imkoniyatlarini hali bilmaymiz. O‘FA terma jamoalar markazidagi videoanalitiklarimiz raqiblar haqida ma’lumot to‘plashni boshlab yuborishdi. Raqiblarni o‘rganishni tez orada boshlaymiz", - dedi O‘zbekiston U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Farhod Nishonov championat.asia saytiga bergan intervyusida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar