Yevropa chempionati-2024ning ilk o‘yini mezbon Germaniya va Shotlandiya o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Gollarga boy o‘tgan uchrashuvda nemislar 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvni yuqori tempda boshlagan mezbonlar 11-daqiqadayoq hisobni ochdi. Yozua Kimmixning o‘ng qanotdan uzatib berilgan to‘pinini Florian Virs qabul qilib oldi va darvozaga aniq yo‘llab hisobni ochdi. Goldan keyin Nagelsman shogirdlari hujumga yanada zo‘r berdi. Oradan 7 daqiqa o‘tib, Jamal Musiala oradagi farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi.
Ikkinchi goldan keyin o‘yin nisbatan markazroqda kechdi. Biroq bo‘lim so‘nggiga borib, "mashina" yana oldinga o‘tdi. Hujumlardan birida jarima maydonchaschi ichida Ilkay Gyundogan Rayan Portes tomonidan yiqitildi va bahsni boshqarib borayotgan Kleman Tyurpen tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi va darvozaga 11 metrli jarima belgilandi. Penaltini Kay Havers aniq amalga oshirdi - 3:0.
Ikkinchi bo‘limning 63-daqiqasida Xavers va Virs o‘rniga Fyullkrug va Sane maydonga tushdi. 68-daqiqada Musilananing jarima maydonchasi ichiga bergan to‘pi pala-partishlikda Fyullkrugga kelib tushdi. 31 yoshli hujumchi imkoniyatdan foydalanib, to‘pni darvozaning olis burchagiga joylab qo‘ydi - 4:0. "Borussiya" hujumchisi 76-daqiqada gol kiritgan edi, biroq ushbu vaziyat ofsayd deb topildi.
87-daqiqada shotlandlar sardori Endryu Robertsonning jarimadan uzatgan to‘pidan so‘ng to‘p "rekashet" holatida Ryudigerga tegib, o‘z darvozasiga kirib ketdi. 87-daqiqada Kroosning o‘rniga maydonga tushgan Emre Jan ikkinchi taymga qo‘shib berilgan daqiqalarning so‘ngida 16-hududdan aniq zarba yo‘llab, hisobni 5:1 ko‘rinishiga olib keldi. "Man of the match", ya’ni uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi Jamal Musiala bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Germaniya terma jamoasi navbatdagi uchrashuvni 19 iyun kuni Vengriyaga qarshi o‘tkazadi, Shotlandiya esa 20 iyunda Shvetsariya bilan bellashadi.
Mazkur turnirning ilk kunidan statistikalar va raqamlar:
- Birinchi gol: Florian Virs
- Birinchi assist: Joshua Kimmix
- Birinchi sariq kartochka: Robert Andrix
- Birinchi qizil kartochka: Rayan Portes
- Birinchi penaltidan gol: Kay Xavers
- Mazkur bahs Yulian Nagelsmann uchun dastlabki yirik turnirning boshlanishi hisobalanadi. U terma jamoani qabul qilib olganidan so‘ng katta ishonch bildirildi va shartnomasi yangilandi. Shu tariqa, Nagelmann Yevroda ustozlik qilgan eng yosh murabbiy bo‘ldi. U 36 bahorni qarshilagan.
- 21 yoshli Florian Virs Germaniya terma jamoasi tarixidagi Yevrodagi eng yosh gol muallifiga aylandi. Shuningdek, u Yevropa chempionatida birinchi gol muallifi bo‘lgan eng yosh futbolchiga aylandi.
- Yevropa chempionatlari tarixida ochilish o‘yinlaridagi eng yirik hisob qayd etildi, 5:1.
- Yevro tarixida birinchi marta 22 yoshgacha bo‘lgan ikki futbolchi bitta jamoa safida bir o‘yinda gol urishdi. Bular Virs va Musila.
- Germaniya ilk bor Yevropa chempionatida birinchi bo‘limda raqib darvozasini 3 bora ishg‘ol qildi.
- Toni Kroos maydonda 80 daqiqa harakat qildi: 102 ta uzatmadan 101 tasi aniq. 99 foiz aniq.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»