115
Maksim Shatskix: "Paxtakor"ni sovrinli o‘rinlar qiziqtirmaydi. Bizga faqat chempionlik kerak"
Superliga 11-tur doirasidagi "Paxtakor" — "Navbahor" (0:0) o‘yinidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Maksim Shatskix matbuot anjumanida qatnashdi.
- O‘yin haqida
- Birinchi navbatda muxlislarga yoqadigan o‘yin bo‘ldi. Ancha ochiq futbol o‘ynadik. Vaziyatlar yarata oldik, ammo o‘zingiz ko‘rdingiz gol urmadik. Himoyada ham unchalik tartibli o‘ynadik. Ko‘proq xavfli vaziyatlar yarata oldik va golga yaqinroq edik. Birinchi bo‘lib gol urgan jamoa bugun katta ehtimol bilan g‘alaba qozonar edi. Keyingi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak.
- "Paxtakor" qanday muammolarga ega bo‘lmasin, jamoangiz "Navbahor" va "Nasaf" kabi azaliy raqiblariga qarshi juda yaxshi o‘yin o‘tkazdi. FIFA kunlarida "Navbahor"ga qarshi alohida tayyorgarlik ko‘rilganmidi? "Paxtakor" bugun ishonchli o‘yin namoyish etganining sababi nima?
- Biz FIFA kunlarida oddiy tayyorgarlik o‘tkazdik. Ko‘pgina futbolchilarimiz terma jamoalarga yo‘l olgandi. Biz o‘z ishimizni bajarishda davom etyapmiz. Mehnatimizning mevasini bugun ko‘rdingizlar. Zaxiramiz biroz kuchsiz va shu sababli tarkibda eksperimentlar qila olmayapmiz. Asosiysi biz to‘g‘ri yo‘nalishdamiz.
- Jamoangiz joriy mavsumda 13ta gol o‘tkazib yubordi, ammo katta o‘yinlarda himoyada juda ishonchli o‘yin namoyish etmoqda. Buni qanday udallayapsizlar? Yosh himoyachilar bugun juda ishonchli tarzda o‘ynashdi.
- Bu psixologiya. Biz yigitlarga hech nimani o‘rgatmaymiz. Bu ruhiyat. Chempionatdagi barcha jamoalar men uchun teng, ammo "Nasaf" va "Navbahor" kabi jamoalarga qarshi futbolchilar ancha tetik bo‘lib o‘ynashmoqda. Aslida, barcha raqiblarga qarshi shunday ruhiyat va istak bilan o‘ynashimiz kerak. Ko‘p marotaba takrorladim va yana bir marotaba aytaman. Chempionatdagi jamoalarning darajasi tenglashdi. Hech kimni osongina mag‘lub eta olmaysiz.
- Doston Hamdamovni bugun boshqa pozitsiyada o‘ynatdingiz? Bunga sabab nima?
- Ko‘z tegmasin, Doston har bir uchrashuvda gol urmoqda. Bugun u yaxshi o‘yin o‘tkazdi. Hamdamovning hozirgi pozitsiyasi uning eng kuchli jihatlarini ko‘rsatib bermoqda. Hozircha u hujuchi sifatida o‘ynashda davom etadi.
- Xojiakbar Alijonov uzoq vaqtdan so‘ng yana maydonga qaytdi. Alijonov to‘liq o‘yin o‘ynaydigan holatga qachon keladi?
- Alijonovning o‘zi maydonga tushishni istamoqda. Lekin men Hojiakbarga sabr qilish kerakligini aytdim. Kecha Xojiakbar bilan gaplashgandik. Xojiakbar ertangi uchrashuvda imkoniyat berishimni iltimos qildi, ammo unga barchasini tushuntirdim. U to‘liq tiklanib olishi uchun yana biroz vaqt kerak. Alijonov maydonga tushishga intilmoqda. Birinchi bo‘lim juda qiziqarli o‘tdi. To‘g‘ri bunday ochiq futbol muxlislarga yoqadi, ammo bosh murabbiy uchun bu haqiqiy azob. Ha. Biz tez hujumga o‘ta olamiz. Biroq himoyaga qaytishimizda muammo bor. Shu sababli ayrim bir epizodlarda ancha emotsional edim. Biz so‘ngi pasni to‘g‘rilay olmayapmiz.
- Musobaqa jadvali yetakchilari ochko yo‘qotishdi. "Paxtakor"ning birinchi o‘rindagi jamoa bilan farqi bor yo‘g‘i uch ochko. Birinchi davrada yakuniga ham bor yo‘g‘i uchta bahs qoldi. Jamoangiz keyingi uchta o‘yinni yaxshi o‘tkazib, ikkinchi davrada medallar uchun kurashishi mumkinmi? Siz joriy mavsum "Paxtakor"dan natija kutish noto‘g‘ri degan edingiz, ammo shunday holatda ham jamoangi sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishi mumkin?
- Bizni sovrinli o‘rinlar qiziqtirmaydi. Bizga faqat chempionlik kerak. Men hech qachon musobaqa jadvaliga qaramayman. Bugun "Nasaf" yutqazganini hozirgina bilib oldim. Biz faqatgina dekabr oyida yakuniy jadvalga qaraymiz. Barcha jamoalar ochko yo‘qotishi aniq. Men "Paxtakor" ochko yo‘qotmasligini xohlardim, ammo bunday bo‘lmaydi. Biz ham ochko yo‘qotamiz. "Nasaf" bugun kutilmaganda ochko yo‘qotdi. Men uchun esa bu tabiiy hol. "So‘g‘diyona" yaxshi jamoa, OKMK, "Neftchi", "Metallurg", "Qizilqum", "Dinamo"lar ham kuchli. Barcha jamoalar ochko yo‘qotishi aniq. Biz har bir uchrashuvda g‘alaba uchun maydonga chiqamiz. Sizlardan bir narsani iltimos qilaman. Bizni tushuninglar, to‘g‘ri "Paxtakor" chempion va bunday holatga barcha ko‘nikib ketgan. Lekin yoshlar har doim ham stabil emas. Keyingi uchrashuvga qadar bor yo‘g‘i bir yoki ikkita mashg‘ulot o‘tkazamiz. Maqsadimiz futbolchilarni tezroq tiklash. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»