23:23 / 17.06.2024
145

"Metallurg" bosh murabbiyi Vesko Steshevich iste’foga chiqarildi

"Metallurg" bosh murabbiyi Vesko Steshevich iste’foga chiqarildi
“Metallurg” PFK bosh murabbiyi Vesko Steshevich iste’foga chiqdi. Bunga jamoaning 2024 yilgi mavsumni qoniqarsiz boshlaganligi sabab bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

"Bunyodkor" jamoasi bilan o‘tkazilgan uchrashuvdan so‘ng Vesko Steshevich vazifasidan ozod etishlarini so‘rab, klub rahbariyatiga murojaat etgandi. Bugun “Metallurg” PFK rahbariyati chernogoriyalik mutaxassis va uning yordamchisi Nenad Vukchevichning o‘z hohishiga ko‘ra ishdan ozod etish borasidagi arizasini ko‘rib chiqdi va har ikkala mutaxassisning so‘rovini qanoatlantirish yuzasidan qaror qabul qildi.

Vesko Steshevich “Metallurg” ruliga 2023 yilning aprel oyi oxirida kelgandi. Uning rahbarligida bekobodliklar milliy chempionatimiz bahslarida jami 32 ta uchrashuvda maydonga chiqdi. 2023 yilgi mavsum: 22 o‘yin, 7 ta g‘alaba, 6 ta durang, 9 ta mag‘lubiyat, to‘plar nisbati – 24:26.2024 yilgi mavsum: 10 ta uchrashuv, g‘alaba yo‘q, 6 ta durang, 4 ta mag‘lubiyat, to‘plar farqi – 8:12.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Metallurg" bosh murabbiyi Vesko Steshevich iste’foga chiqarildi