13:48 / 10.09.2016
5 286

Arsen Venger: «Arsenal» kuchga to‘ldi va sovrin uchun kurashga tayyor

Arsen Venger: «Arsenal» kuchga to‘ldi va sovrin uchun kurashga tayyor

«Arsenal» bosh murabbiyi Arsen Venger Angliya chempioni bo‘lishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

"Hozir qo‘l ostimdagi tarkib uzoq yillardan buyon eng kuchga to‘lgani, deb o‘ylayman. Bizda 19-20 yoshli futbolchilar yo‘q. Aksariyat o‘yinchilar 24, 27 yoki 28 yoshda. Uzoq vaqtlardan buyon ilk marta qo‘l ostimda shunday tarkib yig‘ildi va biz sovrin uchun kurashga tayyormiz.

Biz qay darajada kuchli ekanimizni ko‘rsatishimiz va raqib kim bo‘lishidan qat’iy nazar, mag‘lub etishimiz shart. Men har doim chempionlik uchun imkon borligiga ishonganman, hatto yosh futbolchilar bilan o‘ynaganda ham. Ammo endi bu ishni bajara olish kuchiga ega bo‘lgan tarkib yig‘ildi", - deydi Venger.

Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» Angliya chempionatida 3-turdan so‘ng 8-o‘rinni egallab turibdi.

Manba: Fut.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Arsen Venger: «Arsenal» kuchga to‘ldi va sovrin uchun kurashga tayyor