21:37 / 18.06.2024
357

Husanovning jamoadoshi Mbappening burnini sindirganidan keyin nimalar dedi?

Husanovning jamoadoshi Mbappening burnini sindirganidan keyin nimalar dedi?
Germaniya mezbonlik qilayotgan Yevropa chempionatining “D” guruhidagi birinchi tur uchrashuvida Avstriya va Fransiya terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.

Fransiyaliklarning kichik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlangan bellashuvning kulminatsion nuqtasi jahonning eng qimmat futbolchisi Kilian Mbappe jarohat olgan vaziyat bo‘ldi.

Raqib himoyachisi Kevin Danso bilan to‘qnashuv oqibatida Kilian Mbappening burni sindi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Fransiya terma jamoasi sardori endi guruh bahslarida jamoadoshlariga yordam bera olmaydi.

Bir necha manbalarning ta’kidlashicha, Mbappe 21 iyun kuni Niderlandiya va 25 iyunda Polshaga qarshi bo‘ladigan guruh bahslarini aniq o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘ldi.

Shifokorlar pley-off bahsi oldidan Mbappeni yana bir bor ko‘rikdan o‘tkazadi. Hozircha, mashhur futbolchining keyingi bosqichda o‘ynashiga ham hech qanday kafolat yo‘q.

Ko‘p narsa davolanishning qanday kechishi va guruh bosqichidan keyin o‘tkaziladigan tibbiy ko‘rik natijalariga bog‘liq bo‘ladi. Agar kutilmagan vaziyatlar kelib chiqmasa, to‘purar hujumchi maxsus himoya niqobida pley-off o‘yinlarida maydonga tushishiga ruxsat berilishi kutilmoqda.

Mbappening jarohatiga sababchi bo‘lgan Kevin Danso vaziyat bo‘yicha o‘z mulohazasini aytib, raqibidan uzr so‘radi.

- Kilian Mbappe biz bilan bo‘lgan uchrashuvda jarohat olganidan juda ham afsusdaman. Men unga barcha yaxshiliklarni tilayman va imkon qadar tezroq maydonga qaytishiga umid bildiraman, - deb yozdi Kevin Danso ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Mbappega jarohat yetkazgan Kevin Danso o‘zbekistonlik futbol ishqibozlariga yaxshi tanish. Avstriyalik tajribali himoyachi “Lans” jamoasida legionerimiz Abduqodir Husanov bilan birga bir pozitsiyada o‘ynaydi.

Lanslik muxlislar va murabbiylar shtabi 20 yoshli futbolchimizni “Lans”ning asosiy himoyachi bo‘lgan Kevin Dansoning o‘rinbosari sifatida e’tirof etadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Husanovning jamoadoshi Mbappening burnini sindirganidan keyin nimalar dedi?
ePN