
Albaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Klaus Gyasula dastlab 72-daqiqada zahiradan maydonga tushdi va 76-daqiqada avtogol qayd etdi. O‘yinning 90+5 daqiqasida yana o‘sha Klaus Gyasula Albaniyani mag‘lubiyatdan saqlab qolgan gol muallifiga aylandi.
Shunday qilib, Klaus Gyasula Yevropa va Jahon chempionatlari tarixida zahiradan maydonga tushib, ikkala jamoa uchun gol urgan birinchi futbolchiga aylandi.
Umuman olganda, Yevropa tarixida bir o‘yinda ham avtogol, ham o‘z jamoasi uchun gol urgan o‘yinchilar ham ko‘p emas. Klaus Gyasuladan tashqari bunday natijani shu paytga qadar faqat Anton Ondrus (Chexoslovakiya) 1976 yilda qayd etgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar