
O‘zbekiston Superkubogi uchun kechgan “Paxtakor” – “Lokomotiv” klublari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida “sherlar” bosh murabbiyi, 2014 yildagi O‘zbekistonning eng yaxshi murabbiyi deya e’tirof etilgan Samvel Babayan qatnashdi.
U bugungi o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashar ekan, jumladan shunday dedi:
Samvel Babayan (“Paxtakor”): Bugungi mag‘lubiyatda hamma aybni o‘z bo‘ynimga olaman. Jamoa a’zolari g‘alaba qozonish uchun harakat qilishdi. Ammo bunga erisha olmadik.
Bugungi mag‘lubiyatga to‘rt marta 1:0 yutqazgandan, bir marta 4:0ga yutqazgan ma’qul, qabilida qarash lozim. Futbolchilarim nima sababdan darvoza tomon zarba yo‘llamagani men uchun ham jumboq”.
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar