11:57 / 21.06.2024
186

Samvel Babayan "Navbahor" muxlislaridan uzr so‘radi

Samvel Babayan "Navbahor" muxlislaridan uzr so‘radi
Superliganing 12-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Qizilqum" uchrashuvidan so‘ng (0:0) mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Ko‘p gapirishga hojat yo‘q. Jamoaga nimadir bo‘lyapti. Balki omad yetishmayotgandir. Ketma-ket to‘rtinchi durangni qayd etdik. Buni tushuntirib berish imkonsiz. Juda ko‘p vaziyatlarni golga aylantira olmayapmiz. Albatta, bularni tahlil qilamiz. Bu borada kecha-yu kunduz ishlaymiz. Afsuski, bizdan pastroqda joylashgan raqiblarni dog‘da qoldira olmayapmiz. Qimmatbaho ochkolarni boy berayotganimiz achinarli. Buning uchun muxlislardan uzr so‘raymiz.

Vaziyatni to‘g‘rilash uchun bizda imkoniyat bor. Tashkilotchilik masalasidagi ayrim muhim masalalarni rahbariyat bilan kelishib olishimiz kerak. Chempionat va kubokda yuqori pog‘onani egallash uchun raqobatbardosh tarkib bo‘lishi lozim. Chunki kimdadir pasayish bo‘lishi mumkin. Boy zahiraga ega emasmiz.

Penaltini ko‘rdingiz, 100 tadan 100 ta gol uradigan futbolchi noaniq zarba yo‘lladi. Mashg‘ulotlar va mini-turnirlarda unga yetadigani yo‘q. Namangandagi 3 yilik faoliyatim davomida og‘ir payt bo‘lmoqda. Rahbariyat bilan bu holatdan chiqib ketish yo‘llarini qidiramiz.

O‘yin sifati bo‘yicha shogirdlarimdan shikoyatim yo‘q. Biz ko‘p imkoniyat yaratyapmiz. Raqibning ochilishini kutamiz. Afsuski, chorasizman.

Natija uchun yana bir bor muxlislardan kechirim so‘rayman. Ularning salbiy munosabatini tushunish mumkin. Jamoa hali kuchayadi. Maksimal natijaga erishishga harakat qilamiz.

Ikkinchi davrada hujum chizig‘ini kuchaytirishimiz kerak. Gol urmasak, natijaga erisha olmaymiz. Omad kelmasa ham qiyin.

Rahbariyat bizni doim qo‘llab-quvvatlamoqda. Ular vazifa qo‘yganidan keyin qo‘llab-quvvatlashi tabiiy. Lekn bizga nimadir yetishmayapti. Men ham Namanganda chempionlik bayrami bo‘lishini xohlayapman. Yordamchi murabbiylar bilan kuniga 24 soat ishlayapmiz. Bor e’tiborim jamoada, baribir nimadir yetishmayapti. "Navbahor" shu paytgacha bo‘lgan va bundan keyin ham shunday bo‘laveradi. Bizga biroz vaqt kerak", — dedi namanganliklar ustozi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Samvel Babayan "Navbahor" muxlislaridan uzr so‘radi