
UFC ning og‘ir vazn toifasidagi jangchisi Aleksandr Volkov matbuotga bergan intervyusida Sergey Pavlovich bilan jang qilishdan qo‘rqishini aytdi.
"Sergey - qiyin raqib. Rostini aytsam, men u bilan jang qilishdan biroz qo‘rqaman. Uning qanchalik yirik ekanini ko‘rdingizmi? Uning qo‘llari va mushtlari juda katta....Men asabiylashyapman. Lekin men bo‘lajak bahsda o‘zimning eng yaxshi variantimni ko‘rsatishga harakat qilaman", - dedi Volkov matbuot bilan suhbatda.
Eslatib o‘tamiz, Volkov(37-10) va Pavlovich(18-2) o‘rtasidagi jang 22 iyun kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar