Xabaringiz bor, Eldor Shomurodovning ijara muddati o‘z nihoyasiga yetib, "Roma"ga qaytdi. Ammo klub uni bu yozda sotishga harakat qilishi haqida mish-mishlar tarqalmoqda. Shu bilan birga, terma jamoamiz sardoriga ilk xaridorlardan biri "Kalyari" bo‘lib turibdi.
"L'Unione Sarda" nashri xabar berishicha, sardiniyaliklar Shomurodovni qaytarish uchun harakat qilmoqda, lekin 9 million yevroga sotib olish niyati yo‘q. Shartnoma shartiga ko‘ra, klub u bilan doimiy bitim imzolashi uchun rimliklarga 9 million yevro to‘lashi kerak edi. "Kalyari" esa hujumchini bundan arzonroqqa sotib olishni rejalashtiryapti. Tez orada klublar o‘rtasida muzokaralar boshlanadi.
Agarda Eldor jamoada qoladigan bo‘lsa, Klaudio Raneri bilan emas, balki yangi mutaxassis bilan ishlashi kerak. Sababi, italiyalik mutaxassis o‘tgan mavsum so‘nggida murabbiylik faoliyatini yakunlagandi. Biroq, keyinchalik qaysidir terma jamoada ishlash niyati borligini haqida, Fabritsio Romano ma’lum qilgan.
Shomurodov yakuniga yetgan mavsum "Kalyari" tarkibida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta assist amalga oshirdi. Bu 28 yoshli futbolchining so‘nggi 3 yildagi eng yaxshi natijasidir.
Ma’lumot uchun, hamyurtimizning "Roma" bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilgacha amal qiladi. Transferlar oynasining bu oynasida klub uni ijaraga berish niyati yo‘q. Shunday ekan vanihoyat mazkur yozda Eldorning yangi klubi aniq bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»