Robert Uittaker ilk raunddayoq Ikram Aliskerovni nokautga uchratdi

Robert Uittaker ilk raunddayoq Ikram Aliskerovni nokautga uchratdi
Saudiya Arabistonida "UFC on ABC 6" turniri yakunlandi.

Kechaning markaziy jangida o‘rta vazn toifasi sobiq chempioni Robert Uittaker va Ikram Aliskerov oktagonga chiqdi.

5 raundga mo‘ljallangan jang 1-raunddayoq yakuniga yetdi. Sababi Robert raqibini nokautga uchratdi.

Shu tariqa, Robert Uittaker o‘rta vazn toifasidagi egallab turgan o‘rnini mustahkamlab oldi. Ikram Aliskerov esa ancha pastlaydi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar