16:06 / 26.06.2024
91

Xarri Keyn: "Maqsadimiz shu edi"

Xarri Keyn: "Maqsadimiz shu edi"
Xarri Keyn "Yevro-2024" doirasidagi Angliya va Sloveniya o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Musobaqa boshlanishidan avvalgi asosiy maqsadimiz guruhda birinchi o‘rinni egallash va nimchorak finalda osonroq raqibga ro‘baro kelish edi.

O‘ylaymanki, oldingi o‘yinlarga qaraganda ancha yaxshi harakat qildik. Shunchaki, hujumlarni yakunlay olmadik, ammo keyingi bellashuvni intiqlik bilan kutyapmiz. Kelasi o‘yinlarda vaziyatlardan maksimal foydalanamiz.

Zaxiradan maydonga tushgan yigitlar ancha temp qo‘shdi. Bu bizga juda zarur edi. Terma jamoa uchun har kim o‘z hissasini qo‘shishi kerak.

Musobaqadagi barcha o‘yinlar murakkab. Biz ham bir necha qiyin uchrashuvlarni o‘tkazdik. Shunga qaramay, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdik. Oldinda bizni jiddiy sinov kutmoqda. Shunday bo‘lsa-da, kurashni davom ettirish uchun kuchimiz yetarli
", - dedi Angliya terma jamoasi sardori "ITV"ga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 30 yoshli hujumchi ushbu musobaqada 3 o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xarri Keyn: "Maqsadimiz shu edi"