17:47 / 26.06.2024
269

Andrey Pyatnitskiy: "Terma jamoalarning o‘yinlaridan ko‘rsa bo‘ladiki, o‘zbek futboli yuqori saviyaga ko‘tarilmoqda"

Andrey Pyatnitskiy: "Terma jamoalarning o‘yinlaridan ko‘rsa bo‘ladiki, o‘zbek futboli yuqori saviyaga ko‘tarilmoqda"
O‘z vaqtida o‘zidan yorqin taassurot qoldirgan va ayniqsa yoshi katta muxlislar yaxshi eslaydigan sobiq futbolchilardan biri va hozirda murabbiylik bilan shug‘ullanayotgan - bu Andrey Pyatnitskiy.

Uning “Paxtakor” SSKA (Moskva) va “Spartak” (Moskva) klublaridagi yorqin faoliyati orqali eslash yanada yoqimli. Bu yil boshida esa Pyatnitskiy yurtimizga qaytdi va “Dinamo” U21 jamoasini boshqarishga kirishdi. Sports.uz muxbiri esa undan ayrim savollarga javob oldi.

- Andrey Vladimirovich, O‘zbekiston chempionati sizga yoqyaptimi?
- Chempionat menga juda yoqmoqda. O‘yinlar yuqori saviyada o‘tyapti. Barcha uchrashuvlarni kuzatib boryapman. Terma jamoalarning o‘yinlaridan ko‘rsa bo‘ladiki, o‘zbek futboli yuqori saviyaga ko‘tarilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, menga manzur kelyapti.

- Shuningdek, “Dinamo” klubining chempionatdagi ishtiroki xususida nimalarni ayta olasiz?
- “Dinamo” ko‘p jamoalar bilan yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda. Lekin kam ochko jamg‘argan. Hali o‘yinlar oldinda. Musobaqa oxirida “Dinamo” yuqori o‘rinlardan birini egallaydi, deb umid qilaman. O‘yin sifati bor, bu o‘z-o‘zidan natijalar bo‘lishiga olib keladi.

- Sizni “Dinamo” U21 jamoasida ish boshlashingiz qanday yuz berdi? Bunday taklif bo‘lishini kutmaganmidingiz?
- “Dinamo”da tajribali mutaxassis Vadim Karlenovich faoliyat yuritmoqda. Jamoa juda yaxshi o‘yin ko‘rsatyapti. Muxlislarga ham yoqyapti. Shunday vaziyat bo‘ldiki, men o‘zimga bog‘liq bo‘lmagan holda ishsiz edim. Onamning sog‘liklari yaxshi emas edi. U bu yerda bir o‘zi qolgandi. Natijada shu yerga kelishimga to‘g‘ri keldi. Bunday pallada jamoadan taklif bo‘ldi. Onamga qarash baxonasida futboldagi faoliyatimni davom ettirish uchun taklifga rozi bo‘ldim.

- Ayni paytda siz uchun O‘zbekiston chempionatidagi kuchli futbolchi kim?
- O‘zbekistondagi kuchli futbolchilarni hali aniqlaganim yo‘q. Lekin menga Cheranni o‘yinlari yoqmoqda. Futbolchi tajribali va aqlli. Menga shunday futbolchilar yoqadi. Chempionatda ko‘plab tajribali va iqtidorli futbolchilar mavjud. Meni ro‘yxatimda 15 ga yaqin shunday futbolchilar bor, kuzatishda davom etamiz.

Shuhratbek Jo‘rayev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andrey Pyatnitskiy: "Terma jamoalarning o‘yinlaridan ko‘rsa bo‘ladiki, o‘zbek futboli yuqori saviyaga ko‘tarilmoqda"
ePN