
Superliganing 13-turidan o‘rin olgan "Andijon" – "Navbahor" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning 13-daqiqasida Arveladze penaltidan unumli foydalanib, andijonliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘lim ushbu hisob bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo‘lim “Andijon” yana bir gol urdi. Bu safar gol muallifi Turdimurodov bo‘ldi. Bo‘lim oxirrog‘ida Ivanovich o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. O‘yin “Andijon”ning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Superliga
13-tur
26 iyun, chorshanba
“Andijon” – “Navbahor” 3:0
Gollar: Levan Arveladze, 13 pen (1:0), Rustam Turdimurodov, 52 (2:0), Filip Ivanovich, 84 (avtogol).
“Andijon”: 1. Eldor Adhamov, 5. Abduvohid G‘ulomov, 7. Sherzod Esanov, 9. Levan Arveladze, 10. Ilhomjon Abdig‘aniyev, 14. Abdurahmon Komilov, 15. Vladimir Bubanya, 17. Farhodjon Sohibjonov (99. Shahrom Samiyev, 73), 21. Ildar Mamatkazin, 71. Bektemir Abdumannonov, 77. Rustam Turdimurodov.
“Navbahor”: 1. O‘tkir Yusupov, 7. Azimjon Ahmedov, 8. Siyavash Haqnazari (11. Asadbek Sobirjonov, 52), 9. Odiljon Hamrobekov, 13. Filip Ivanovich, 14. Jamshid Boltaboyev, 17. Ruslanbek Jiyanov (10. Jamshid Iskanderov, 46), 21. Giorgi Nikabadze (71. Navro‘zbek Iminjonov, 46), 23. Yovan Jokich, 34. Farruh Sayfiyev (6. Ibrohim Yo‘ldoshev, 75), 77. Abrorbek Ismoilov (33. Shodiyor Shodiboyev, 75).
Ogohlantirish: Odil Hamrobekov (11). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar