23:00 / 26.06.2024
128

Tayson revansh jangida Usikni mag‘lub eta oladimi?

Tayson revansh jangida Usikni mag‘lub eta oladimi?
Ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni britaniyalik Riki Xatton dekabr oyida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan hamyurti Tayson Fyuri va ukrainalik Aleksandr Usik o‘rtasidagi revansh jangi haqida gapirdi.

Tayson o‘z burchagida bir nechta narsani o‘zgartirsa va yaxshiroq harakat qilsa, revansh jangida g‘alaba qozonishi mumkin. Ammo Aleksandr Usik Olimpiada g‘olibi, birinchi og‘ir vazn toifasida va og‘ir vazn toifasida mutlaq chempion. Undan aqlliroq jangchi yo‘q. Tayson aqlli, lekin Usik ham u bilan bir xil darajada.Lekin men, albatta, Tayson g‘alaba qozonishga qodir deb o‘ylayman”, - dedi Froch on Fighting podkastida.

Eslatib o‘tamiz, Usik va Fyuri o‘rtasidagi jang joriy yilning 19 may kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tdi va unda hakamlarning qaroriga (114-113, 113-114, 115-112) ko‘ra ukrainalik bokschi g‘alaba qozondi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tayson revansh jangida Usikni mag‘lub eta oladimi?
ePN