date
views 5 661

O‘zbekiston Superkubogi sohibi «Lokomotiv» 50 million so‘m bilan taqdirlanadi

O‘zbekiston Superkubogi sohibi «Lokomotiv» 50 million so‘m bilan taqdirlanadi

O‘zbekiston Superkubogini qo‘lga kiritgan Toshkentning «Lokomotiv» jamoasi nafaqat Kubok, balki boshqa sovrinlarni bilan ham taqdirlandi, deb xabar bermoqda «Arena.uz».

Xususan, PFL ishlab chiqqan yangi reglamentga ko‘ra, O‘zbekiston Superkubogini qo‘lga kiritgan jamoa Kubok, esdalik diplomlari va 50 million so‘mlik pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Bu haqida Reglamentning 15-bo‘lim «Musobaqa g‘oliblarini taqdirlash»da yozib qo‘yilgan.

Superkubokda o‘ynab, mag‘lub bo‘lgan jamoa a’zolari esa faqatgina diplomlarga ega chiqadi. Aytish kerak, reglamentga ko‘ra, har bir jamoaning 25 nafar a’zosigina diplomlar bilan taqdirlanadi.

Manba: www.daryo.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston Superkubogi sohibi «Lokomotiv» 50 million so‘m bilan taqdirlanadi