18:20 / 27.06.2024
286

Srechko Katanes: "Jahon chempionatiga chiqishimizga ishonaman"

Srechko Katanes: "Jahon chempionatiga chiqishimizga ishonaman"
Srechko Katanes Jahon chempionati-2026 saralashining 3-bosqichiga qur’a tashlash marosimi yakunlangach, Qatar terma jamoasi xususida gapirdi va O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatiga chiqish imkoniyatlariga baho berdi.

- O‘zbekiston terma jamoasi Qatar terma jamoasidan alamini oladimi?

- Qatar terma jamoasi haqida to‘xtalsak, juda yaxshi terma jamoa, oxirgi JCH ishtirokchisi. Futbolchilari anchadan beri bir jamoa bo‘lib o‘ynab kelmoqda. Qatarni hurmat qilamiz, shu bilan birga, boshqa termalarni ham. Asosiysi, bor e’tiborimizni o‘z terma jamoamizga qaratishimiz kerak. Muxlislarimiz bizni Turkmanistonga qarshi o‘yinda bo‘lgani kabi qo‘llab-quvvatlashlarini xohlardim.

- Mundialga yo‘l olishimizga necha foiz ishonasiz?

- Foizlarda aytmayman, lekin terma jamoamizga ishonaman. Oxirgi uchrashuvlarga nazar tashlasak, biz mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelyapmiz. Asosiysi, futbolchilar jarohatlarsiz va doimo yaxshi formada bo‘lishi, klublarida muntazam ravishda harakat qilishlarini istardim. Jahon chempionatiga chiqishimizga ishonaman.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Srechko Katanes: "Jahon chempionatiga chiqishimizga ishonaman"