20:23 / 27.06.2024
361

Aleksandr Krestinin JCH-2026 saralashi haqida: "O‘zbekiston va Eron guruhda favoritlikka asosiy da’vogar"

Aleksandr Krestinin JCH-2026 saralashi haqida: "O‘zbekiston va Eron guruhda favoritlikka asosiy da’vogar"
Qirg‘iz Respublikasi sobiq bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin JCH-2026 saralash bosqichi qur’asiga o‘z munosabatini bildirdi.

"Ochiqchasiga aytganda bu bosqichda kuchsiz jamoaning o‘zi yo‘q. Barcha terma jamoalar yaxshi darajada. Oddiy guruhlar bo‘lmadi. Jahon chempionatida qatnashishni istagan terma jamoa kuchli raqiblarni yutishi kerak. Qiyin o‘yinlar, parvozlar, iqlimga moslashish kabi jarayonlar kutib turibdi. Bu yerda mehmonda ochko olish muhim hisoblanadi", - deydi Krestinin.

- O‘zbekistonlik muxlislar, murabbiylarning qur’a natijalaridan ko‘ngli to‘ldi. Nima deb o‘ylaysiz, Qirg‘iz Respublikasi tomoni qur’adan qoniqish hosil qildimikin?
- O‘zbekiston reytingda yuqorida, ularga nisbatan o‘zini ancha xotirjamroq va ishonchliroq his qilishi mumkin. Qirg‘iz Respublikasi bu bosqichga ilk bor chiqdi va ular uchun barcha raqiblar teng kuchli. Shubhasiz qiyinchiliklar bor. Tashkilotchilik, to‘g‘ri tayyorgarlikka ko‘p narsa bog‘liq.

- O‘zbekiston - Qirg‘iz Respublikasi uy-safar o‘yinlari qanday o‘tadi deb o‘ylayapsiz?
- Qo‘shnilar to‘qnashuvi doim qiziqarli o‘tgan. Muxlislar ajoyib darajada qo‘llab-quvvatlaydi. O‘yinlar bosim ostida o‘tadi.

- Guruh favoriti?
- Qog‘ozda kim favoritligi barchaga ma’lum. Lekin futbolda oldindan aytib bo‘lmaydigan jihatlar bor. Bir tomondan reytingga qarash kerak, qolgan hammasi maydonda hal bo‘ladi. O‘zbekiston, Eron favoritlikka asosiy da’vogar. Qolganlarni ham hisobdan chiqarmaslik kerak.

- To‘g‘ri-to‘g‘ridan 2 ta jamoa keyingi bosqichga yo‘llanma oladi. Asosiy raqobatchilar kimlar?
- Qatar amaldagi Osiyo chempioni. Eron, Qatar, O‘zbekiston qog‘ozda katta imkoniyatga ega. 1-2 o‘ringa shu uchta terma jamoa kurashsa kerak. 3-o‘ringa hammada imkoniyat teng.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Krestinin JCH-2026 saralashi haqida: "O‘zbekiston va Eron guruhda favoritlikka asosiy da’vogar"