22:34 / 27.06.2024
144

Superliga. “Paxtakor” “Bunyodkor”ni mag‘lub etdi, “Neftchi” “Lokomotiv” bilan durang o‘ynadi

Superliga. “Paxtakor” “Bunyodkor”ni mag‘lub etdi, “Neftchi” “Lokomotiv” bilan durang o‘ynadi
Foto: PFL
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 13-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin 27 iyun, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Paxtakor” o‘zida “Bunyodkor”ni qabul qildi. Uchrashuvning 8-daqiqasida Dragan Cheran “sherlar”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va “Paxtakor” kichik hisobdagi g‘alabani rasmiylashtirdi.

Kunning yana bir o‘yinida “Neftchi” “Lokomotiv” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Farg‘onaliklar safida Norchayev gol muallifi bo‘lgan bo‘lsa, “temiryo‘lchilar” tarkibida Abdunabiyev darvozani ishg‘ol qildi.

Bugungi bahslardan so‘ng turnir jadvali quyidagicha ko‘rinish oldi:

Foto: PFL
Superliga
13-tur

27 iyun, payshanba
“Paxtakor” – “Bunyodkor” 1:0
Gol
: 1:0 — 8 Cheran
“Paxtakor”: 12. Vladimir Nazarov, 2. Behruz Asqarov, 3. Shahzod Azmiddinov, 5. Muhammadqodir Hamraliyev, 7. Hojiakbar Alijonov, 8. Diyor Xolmatov, 10. Dragan Cheran, 17. Dostonbek Hamdamov, 22. Umar Adhamzoda, 27. Sardor Sobirxo‘jayev, 33. Doniyor Abdumannopov (31. Muhammadali Usmonov, 69).
“Bunyodkor”: 1. Marin Lyubich, 4. Najmiddin Normurodov, 5. Momchilo Rasho, 7. Suhrob Izzatov, 11. Temurxo‘ja Abduxoliqov, 17. Ollobergan Karimov, 22. Usmonali Ismonaliyev, 57. Amir To‘raqulov, 66. Azizbek To‘lqinbekov, 78. Tohir To‘xtasinov, 92. Toni Yovich (77. Muzaffar Olimjonov, 68).
Ogohlantirish: Sardor Sobirxo‘jayev (56).

“Neftchi” – “Lokomotiv” 1:1
Gollar
: 1:0 — 49 Norchayev, 1:1 — 74 Abdunabiyev.
“Neftchi”: 35. Sanjar Quvvatov, 9. Husayn Norchayev, 11. Javohir Qahramonov (7. Jasur Jaloliddinov, 46), 14. Xurshid Muxtorov, 17. Sanjar Qodirqulov, 20. Anvar G‘ofurov, 21. Muxsin Ubaydullayev, 24. G‘ulomxaydar Gulyamov (8. Ketelin Karp, 55), 70. Abbos G‘ulomov (55. Manuchehr Safarov, 80), 77. Bilolxon Toshmirzayev (19. Mirzohid G‘ofurov, 70), 99. Nsungusi Effiong (18. Mixay Roman, 70).
“Lokomotiv”: 32. Suhrob Sultonov, 2. Abdulazizxon Abdurashidov, 4. Ivan Rogach, 11. Izzatilla Abdullayev (29. Quvonchbek Abrayev, 60), 14. Dilshod Komilov, 15. Jasurbek Hakimov (7. Sardor Abdunabiyev, 69), 22. Muhammadanas Hasanov, 26. Abdulloh Yo‘ldoshev, 27. Sobit Sindarov, 70. Abubakrrizo Turdialiyev, 77. Lazizbek Mirzayev.
Ogohlantirishlar: Sobit Sindarov (59), Manuchehr Safarov (81), Xurshidbek Muxtorov (85).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. “Paxtakor” “Bunyodkor”ni mag‘lub etdi, “Neftchi” “Lokomotiv” bilan durang o‘ynadi