22:14 / 28.06.2024
98

Superliga. “So‘g‘diyona” “Dinamo”dan ustun keldi, “Qizilqum” “OKMK” ustidan g‘alaba qozondi

Superliga. “So‘g‘diyona” “Dinamo”dan ustun keldi, “Qizilqum” “OKMK” ustidan g‘alaba qozondi
Foto: PFL
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 13-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin 28 iyun, juma kuni bo‘lib o‘tdi.

“So‘g‘diyona” “Dinamo”ga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvning 8-daqiqasida Vladimir Yovovich hisobni ochdi. 18-daqiqada Shohruhbek Abdurahmonov hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. Bo‘lim oxirida esa Jurani Ferreira hisobni qisqartirdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida samarqandliklar yana bir bor gol urdi. 53-daqiqada Sanjar Shoahmedov muvozanatni tikladi. 65-daqiqada Xondamir Mustafoqulov jizzaxliklarning uchinchi goliga mualliflik qildi.

O‘yin oxirida Samandar Sindarov ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi va “So‘g‘diyona” 4:2 hisobidagi g‘alabani rasmiylashtirdi.

Kunning yana bir o‘yinida “Qizilqum” “OKMK” bilan bahs olib bordi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida olmaliqliklar a’zosi Oybek Rustamov qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. 84-daqiqada esa Elguja Lobjanidze gol urib, navoiyliklarga 3 ochko olib keldi.

Superliga
13-tur

28 iyun, juma
“So‘g‘diyona” – “Dinamo” 4:2
Gollar
: Vladimir Yovovich, 8 (1:0), Shohruhbek Abdurahmonov, 18 (2:0), Jurani Ferreyra, 45 (2:1), Sanjar Shoahmedov, 53 (2:2), Xondamir Mustafoqulov, 65 (3:2), Samandar Sindarov, 90+5 (4:2).
“So‘g‘diyona”: 27. Milan Mitrovich, 2. Sardor Qulmatov, 3. Islomjon Qobilov, 8. Vladimir Yovovich (9. Samandarjon Mavlonqulov, 62), 10. Shoxruxbek Abdurahmonov (5. Jasurbek Yoqubov, 62), 11. Zoran Petrovich, 14. Lyupche Doriyev, 15. Xondamir Mustafoqulov, 28. Stanislav Andreyev, 32. Nodirjon Soyibov, 33. Oleg Zoteyev.
“Dinamo”: 13. Ravshanbek Yagudin, 3. Ulug‘bek Abdullayev (9. Humoyunmirzo Iminov, 69), 4. Odilbek Abdumajidov (29. Vladimir Kozak, 69), 7. Fransis Narx, 10. Joel Kojo, 17. Salim Mustafoyev, 18. Dilshod Rahmatullayev (22. Sanjar Shoahmedov, 46), 20. Yurani Fransisko Ferreyra, 21. Anvarjon Hojimirzayev, 30. Abubakir Mo‘ydinov (8. Xislat Xalilov, 69), 44. Dushan Miyich.
Ogohlantirishlar: Nodirjon Soyibov (48), Sardor Qulmatov (63), Oleg Zoteyev (77).
Chetlatish: Sardor Qulmatov (84).

“Qizilqum” – “OKMK” 1:0
Gol
: Elguja Lobjanidze, 84 (1:0).
“Qizilqum”: 12. Robert Ozols, 7. Davron Anvarov (27. Shahboz Jo‘rabekov, 76), 8. Giorgi Kuxianidze (79. Diyor Rahmatilloyev, 76), 10. Elgudja Lobjanidze, 13. Nikolay Tarasov, 17. Muhammadali G‘iyosov, 22. Shahzodbek Rahmatullayev, 23. Samandar Shukurillayev, 25. Azizbek Usmonov, 71. Jamoliddin Ubaydulloyev (4. Ilhomjon Vahobov, 65), 77. Fayzullobek Jumanqo‘ziyev.
“OKMK”: 1. Valijon Rahimov, 2. Akramjon Komilov, 3. Sardor Rahmonov, 4. Mirjamol Qosimov (5. Giorgi Papava, 46), 7. Dilshodbek Ahmadaliyev, 10. Xurshid G‘iyosov, 15. Oybek Rustamov, 18. Aziz Xolmurodov (9. Ruben Sanches Perez, 82), 20. Islom To‘xtaxo‘jayev, 28. Arixiro Sentoku, 99. Irakli Ruxadze (77. Nodirbek Abdurazzoqov, 46).
Ogohlantirishlar: Irakli Ruxadze (15), Giorgi Kuxianidze (30), Nikolay Tarasov (50), Davron Anvarov (55), Giorgi Papava (65), Sardor Rahmonov (75), Azizbek Usmonov (82).
Chetlatish: Oybek Rustamov (72).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. “So‘g‘diyona” “Dinamo”dan ustun keldi, “Qizilqum” “OKMK” ustidan g‘alaba qozondi