"Navbahor" Samvel Babayan bilan xayrlashdi. Bu haqida "lochinlar" rasmiy sayti e’lon qildi.
"Navbahor" bosh murabbiyi Samvel Babayanning sog‘ligida muammolar yuzaga kelganligi va davolanish ko‘p vaqtni talab etishi bois, "Navbahor" klubi rahbariyati hamda jamoa bosh murabbiyi o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvga asosan, Samvel Babayanning klub bilan tuzilgan shartnomasi bekor qilindi.
Biz Samvel Vyacheslavovichga “Navbahor”dagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildirib, tezroq shifo topishi, keyingi faoliyatida esa omad yor bo‘lishini tilaymiz" - deyiladi "Navbahor" saytida e’lon qilingan xabarda.
Ma’lumot uchun, Babayan 2021 yilgi mavsum yakunlanganidan so‘ng namanganliklar boshqaruviga kelgandi. Uning qo‘l ostida «lochinlar» ortda qolgan 2,5 yil davomida Superligada 64 ta o‘yin o‘tkazib, 33 g‘alaba, 20 durang va 11 mag‘lubiyatni qayd etishdi. To‘plar nisbati 83:45 ni tashkil qildi.
Bu mavsumda «Navbahor» Superligada 12 ta bahsda 19 ochko to‘plab, 5-o‘rinda bormoqda. Jamoa 5 o‘yindan beri g‘alaba nimaligini bilmayapti. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»