"Navbahor" bilan shartnomasini bekor qilgan Samvel Babayan iste’fodan so‘ng "lochinlar" saytiga intervyu berdi.
- Mashg‘ulot davomida jarohat olganim va tiklanish hamda reabilitatsiya uchun ko‘p vaqt zarurligi tufayli, klub rahbariyatidan o‘zaro kelishuvga ko‘ra, shartnomamni bekor qilishni so‘raganimni ma’lum qilaman. Ayni paytda men bosh murabbiylik vazifamni to‘liq bajara olmayman. Natijalarga kelsak, aytishim mumkinki, chempionlik uchun butun kurash hali oldinda. Tajribamda bunday vaziyat oldin ham ro‘y bergan: “Paxtakor” “Bunyodkor”dan 12 ochkoga ortda borishiga qaramasdan, 2012 yil oxirida chempion bo‘lgan edi.
Oxirgi ikki o‘yinga jamoani to‘liq tayyorlay olmadim, bu o‘yin sifatiga ta’sir qildi. “Navbahor” bilan yana 1,5 yillik shartnomam bor va tovon pulidan bosh tortdim hamda hech qanday moliyaviy da’volarsiz ketyapman. Uzoq muddatli shartnoma tuzib, klubdan pul siqib chiqarib, uni qiyin moliyaviy ahvolga solib qo‘yish adolatdan emas. Ishonamanki, “Navbahor” ko‘zlangan natijalarga erishadi – buning uchun yuqori saviyali futbol ko‘rsatadigan malakali futbolchilar bor, klub tomonidan yaratilgan sharoitlar, rahbariyatning ambitsiyalari va albatta, muxlislarning katta qo‘llab-quvvatlashi bor. Ular jamoamizni va meni bosh murabbiy sifatida doim qo‘llab-quvvatlab kelishgan.
Albatta, jamoaning yuqori saviyali va hujumkor o‘yini, muhim chempionat va kubok o‘yinlaridagi g‘alabalari hamda OCHLdagi uchrashuvlarning ajoyib damlarini eslamoqchiman. Uch yil davomida biz klub rahbariyati bilan birgalikda “Navbahor” klubi brendini tikladik. “Navbahor” O‘zbekiston chempionati peshqadamlaridan biri bo‘lgan shonli davrlarga qaytdik. Men kelgan paytimda “Navbahor” quyi ligaga tushib ketish zonasida edi va shu davr ichida men hamkasblarim bilan ko‘p ishlarni sifatli bajardik. Endilikda “Navbahor” O‘zbekistonning eng ko‘p tilga olingan klubi va chempionatimiz asosiy kuchlaridan biri hisoblanadi. Barcha futbolchilar, murabbiylar, klub va stadion xodimlariga ushbu ajoyib uch yil uchun rahmat, ishlaringizga omad, sog‘lik-salomatlik tilayman.
Viloyat hokimi Abdurazakov Shavkat Shokirjonovichga 3 yil davomida ko‘rsatgan yordami uchun alohida minnatdorchilik bildiraman. Mehr va e’tibor tufayli Namangan viloyatida futbol jadal rivojlanmoqda. “Navbahor”ning natijaga erishishi uchun men bilan yonma-yon harakat qilgan klub rahbarlari, Otabek va Oybek Samatovlarga katta rahmat. “Navbahor”ga yaratilgan sharoitlar klubning nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Osiyoda mashhur klubga aylanishiga imkon berdi.
Chempionlar ligasi o‘yinlari chog‘ida “Navbahor” stadionida bo‘lib o‘tgan futbol bayrami Osiyoning eng yaxshi jamoalari – “Al-Hilol”, “Al-Ittihod” va jahon futboli yulduzlari kelishgani hamisha barchamizning yodimizda qoladi. Ishonchim komilki, bu yil ham jamoa ko‘zlangan natijalarni qo‘lga kiritadi. Foydalanilmagan penaltilar, zo‘r pozitsiyalardan urilmagan gollar ertami-kechmi gollarga aylantiriladi va jamoa chempionat peshqadamiga aylanadi.
O‘z navbatida yana bir bor aytmoqchimanki, “Navbahor” har bir o‘yinda maksimal natijaga erishishi, muxlislarimiz jamoadan xursand bo‘lib, faxrlanishlari uchun o‘zimga bog‘liq bo‘lgan hamma narsani qildim.Boshidanoq Namanganga kelganimda, bu klub va uning muxlislari men uchun alohida ahamiyatga ega edi. Murabbiylik faoliyatim aynan Namanganda 1996 yilda, O‘zbekiston chempioni bo‘lganimizda boshlangan.Hozir ham, men ketganimda ham, klub mening qalbimda abadiy o‘zgacha o‘rin egallaydi va jamoaga to‘xtab qolmay, yanada rivojlanishini, yangi g‘alabalarni qo‘lga kiritishini tilayman, - dedi Samvel Babayan.
Manba: pfcnavbahor.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»