Cuperligaga qaytish uchun kurashayotgan "Qo‘qon-1912"ning pro ligadagi natijalari ko‘ngildagidek emas. Ayni paytda klub 19 ochko bilan 5-o‘ringa tushib ketdi. Oxirgi ikkita o‘yinni mezbon sifatida o‘tkazgan qo‘qonliklar "Sho‘rtan" (0:3) hamda "Olimpik Mobiuz"ga (0:1) yutqazib qo‘ydi.
"Qo‘qon-1912" oxirgi marta 16 may kuni "Mash’al"ni 3:2 hisobida mag‘lub etgan. Shundan beri qo‘qonliklar 3 durang va 3 mag‘lubiyat qayd etdilar. Shu bois jamoa rahbariyati "Olimpik Mobiuz"ga imkoniyat boy berilgach, bosh murabbiy Muhsin Nizomiddinovni iste’foga chiqardilar. Bu xususida klub matbuot xizmati xabar berdi:
«Qo‘qon-1912» jamoasining murabbiylar shtabida o‘zgarish bo‘ldi. Shu kunga qadar jamoamizni bosh murabbiy sifatida boshqarib kelgan Muxsinjon Nizomiddinov bilan tuzilgan shartnoma ikki tomonning roziligiga ko‘ra bekor qilindi.
«Qo‘qon-1912» futbol klubi nomidan Muxsinjon Nizomiddinovga jamoamizda olib borgan faoliyatlari uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz. Muxsinjon Nizomiddinovga kelgusidagi ishlarida ulkan zafarlar tilaymiz!
«Qo‘qon-1912» jamoasi rahbariyati bir nechta tajribali murabbiylar bilan muzorakarlarga kirishgan. Yaqin orada yangi bosh murabbiy nomi rasman e’lon qilinadi, - deyiladi rasmiy xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi