O‘zbekistonlik terma jamoasi a’zosi Abbosbek Fayzullayev SSKAdan Ispaniyaning "Vilyarreal" klubiga o‘tishga yaqin. Bu haqida Ispaniyaning Marca nashri xabar bermoqda.
Skrin: Marca
Nashrning yozishicha, o‘zbek matbuoti futbolchini “Vilyarreal”ga o‘tishi mumkinligini gapirmoqda. Bu esa ispan klubining muzokaralar borasida siljishga erishishiga yordam berishi mumkin. Transfer rasmiylashtirilishi ehtimoli bor.
Transfermarkt Fayzullayevning narxini 6 mln yevroga baholagan.
Eslatib o‘tamiz, “Vilyarreal” klub o‘tgan mavsumda La Ligada 8-o‘rinni egallab, yevrokuboklarda ishtirok etish huquqidan mahrum bo‘lgan.
Avvalroq O‘zbekistonlik futbolchi Lazizbek Mirzayev faoliyatini Ispaniyaning “Leganes” klubida davom ettirishi ma’lum bo‘lgandi.
Abbosbek joriy mavsum “SSKA” tarkibida barcha musobaqalarda 32 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Futbolchi Rossiya Premer Ligasida “Mavsum kashfiyoti” sovrini egasiga aylandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi