SSKA va O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumkor futbolchisi Abbosbek Fayzullayevning faoliyatini qayerda davom ettirishi ko‘pchilikni qiziqtirmoqda.
O‘tgan yili avgust oyida “Paxtakor”dan SSKAga ko‘chib o‘tgan iste’dodli yarim himoyachining Rossiya Premer-ligasida zo‘r o‘ynab ketgani muxlisu mutaxassislar e’tiboridan chetda qolmadi.
Keyingi paytda Abbosbek Fayzullayevning Yevropaning kuchli ligalariga o‘tishi haqida yana ma’lumotlar urchiy boshladi. Avvalroq, 20 yoshli hujumkor futbolchini “Bavariya” hamda “Parma” kuzatayotgani ma’lum qilindi. So‘nggi kunlarda o‘zbek o‘yinchisi faoliyatini “Vilyarreal”da davom ettirishga yaqin ekani haqida axborotlar chiqa boshladi.
Bu xabarlarga Italiyadan ham munosabat bo‘ldi. Xususan, “Parma”ning Fayzullayevga qiziqishi tufayli bu mavzuni muntazam yoritib kelayotgan parmalive.com sayti Abbosbekning Ispaniya chempionatiga o‘tishi mumkinligi haqida ma’lumot tarqatdi.
- Bir necha oy mobaynida “Parma” kuzatuvida bo‘lib turgan iste’dodli pleymeyker Abbosbek Fayzullayev Moskvaning SSKA jamoasi safida Rossiya Premer-ligasida o‘zining salohiyatini juda yaxshi namoyon eta oldi.
Lekin keyingi paytda “Parma”ning kuzatuvlari haqiqiy muzokaralar bosqichiga ko‘tarilishi yo‘lida qiyinchiliklar paydo bo‘lmoqda. Bunga Fayzullayevga Yevropaning boshqa klublari ham da’vogarlik qilayotgani sabab bo‘lyapti.
Xususan, GoSport nashriga ko‘ra, moskvaliklar Ispaniyaning “Vilyarreal” jamoasi bilan Fayzullayev transferi bo‘yicha kelishuvga erishishga yaqin turibdi.
Bu masala boshida Fayzullayevning SSKAda yana bir mavsum qolish ehtimoli katta ekani bilan izohlangan edi. Lekin keyinchalik “Vilyarreal”ning o‘yinchiga bo‘lgan qiziqishi sezilarli darajada kuchaydi.
Shunga qaramay, Fayzullayev ayni paytda bor e’tiborini O‘zbekiston terma jamoasi safida Parij Olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etishga qaratayotganini alohida ta’kidlash lozim, - deb yozdi parmalive.com sayti eksperti Juzeppe Emanuele Frizone.
Eslatib o‘tamiz, Parij Olimpiadasi 26 iyuldan 11 avgustga qadar bo‘lib o‘tadi. Futbolchilarimiz musobaqadagi ishtirokini 24 iyul kuni Ispaniya olimpiya terma jamoasiga qarshi o‘yin bilan boshlayli. Timur Kopadze shogirdlari 27 iyulda Misr va 30 iyul kuni Dominikan Respublikasi terma jamoalari bilan kuch sinashadi.
Abbosbek Fayzullayev 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat terma jamoada asosiy figuralardan hisoblanadi. Legionerimiz ushbu jamoa safida 14 ta bahsda qatnashib, raqiblar darvozasini to‘rt marotaba ishg‘ol qilgan.
SSKA klubi Fayzullayevni o‘tgan yili avgustda “Paxtakor”dan olib kelgandi. Toshkent klubiga bu transfer 500 ming yevroga tushgan.
Fayzullayev Rossiya Premer-ligasi va mamlakat kubogida jami 32 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 ta gol va 14 ta assist yozdirib qo‘ydi. Mavsum kashfiyoti nomiga sazovor bo‘lgan 20 yoshli legionerimizning transfer summasi 6 million yevroga ko‘tarildi. Bugungi kunda Abbosbek Fayzullayev Markaziy Osiyoning eng qimmatbaho o‘yinchisi hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari