Futbolchilar maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mita qarorlari ijrosini o‘z vaqtida ta’minlamagani uchun "Navbahor", "Neftchi" va "Surxon" klublari 2024 yilning yozgi transfer oynasida xorijlik futbolchini Liga ro‘yxatidan o‘tkaza olmaydi. Taqiq qarzdorlik bartaraf etilgan taqdirda ham amalda bo‘ladi, - deya bu haqda O‘zPFL matbuot xizmati xabar bermoqda.
Joriy yilning 16 iyul sanasiga qadar Liga bu uch klubning yangi futbolchilarini ro‘yxatdan o‘tkazmaydi. Mazkur sanaga qadar ham qo‘mita qarorlari ijrosi bajarilmasa, 16 iyul sanasidan so‘ng ular faqatgina 2002 va undan keyin tug‘ilgan futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishi uchun ruxsat beriladi. Bunda klublar «Superliga va Proliga reglamenti»da belgilangan limitdan chiqib ketmasligi ta’minlanadi.
Agar transfer oynasining so‘nggi kuni bo‘lgan 30 iyul sanasiga qadar ham mavjud qarzdorlik bartaraf etilmasa, u holda avtomatik ravishda 2025 yilning qishki transfer oynasida legioner futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqiq kuchga kiradi. Shundan so‘ng mazkur klublardan 6 ochkogacha olib tashlash masalasi kun tartibiga kiritiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi