Joriy yilning 26 iyul - 11 avgust kunlari Fransiya poytaxti Parij shahri mezbonlik qilayotgan yozgi Olimpiya o‘yinlari Abduqodir Husanov uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Chunki 20 yoshli himoyachimiz bir yildan beri Fransiya chempionatida “Lans” jamoasi sharafini himoya qilmoqda va mahalliy sharoitga boshqa futbolchilarimizga qaraganda ko‘proq moslashgan bo‘ladi.
Kuni kecha O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kopadze o‘zbek futboli uchun tarixiy ahamiyat kasb etadigan Parij Olimpiadasiga jalb qilingan o‘yinchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Fransiya futbolini yoritayotgan saytlar olimpiyachilar tarkibiga Liga 1 vakili Abduqodir Husanov ham kiritilganiga alohida e’tibor qaratdi.
Kristof Shaad, lensois.com sayti eksperti:
- “Lans” professional futbol klubi himoyachisi Abduqodir Husanov 2024 yilgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadi. U O‘zbekiston terma jamoasi tarikibiga kiritilgani e’lon qilindi.
Yaqinda milliy terma jamoa safida 2026 yilgi jahon chempionati saralash uchrashuvlarida ishtirok etgan 20 yoshli futbolchi endi Olimpiadada to‘p tepadi. Asosan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar ishtirokidagi turnir 24 iyuldan boshlanib, finalga yo‘l oladiganlar uchun 10 avgustgacha davom etadi.
O‘zbekiston birinchi uchrashuvini 24 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 15:00 da “Park de Prens” arenasida guruh favoriti Ispaniya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Nant shahri mezbonlik qiladigan keyingi bellashuv 27 iyul kuni soat 17:00 da Misr futbolchilari bilan bo‘ladi.
O‘zbekiston 30 iyul kuni soat 15:00 da Dominikan Respublikasi bilan bo‘ladigan guruhdagi oxirgi o‘yinda ishtirok etish uchun yana “Park de Prens”ga qaytadi. Chorak finalga chiqish uchun kvartetda kamida ikkinchi o‘rinni egallash shart.
Enso Paylot, le11hdf.fr sayti eksperti:
- O‘zbekiston terma jamoasi safida bir necha xalqaro saralash o‘yinlarida o‘zini ko‘rsata olgan Abduqodir Husanov Parij Olimpiadasiga keladigan o‘yinchilar qatorida tanlandi.
Abduqodir Husanov 20 yoshidayoq o‘zbek futbolida asosiy figuralardan biriga aylanib ulgurdi. U O‘zbekiston milliy terma jamoasida 14 ta uchrashuvda maydonga tushdi, Qatardagi Osiyo kubogida ishonchli o‘ynadi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi safida Osiyo kubogida qatnashib, o‘zbekistonliklarning Olimpiadaga yo‘llanma olishiga yordami tegdi. “Lans” himoyachisi Parijdagi musobaqada ham barcha frontlarda kurash olib borishi kutilyapti.
Abduqodir Husanovning yoshi 23 dan kichik bo‘lsa-da, Olimpiadada asosiy tarkibda o‘ynash imkoniga ega. Olimpiya o‘yinlarida har bir ishtirokchi terma jamoa tarkibiga uch nafardan 23 yoshdan katta o‘yinchilarni kiritishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi shu yilning aprel oyida Qatarda o‘tkazilgan Osiyo kubogida ikkinchi o‘rinni egallab, o‘z tarixida ilk bor olimpiya litsenziyasini qo‘lga kiritgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi