O‘tgan mavsumni oltinchi pog‘onada yakunlagan SSKA jamoasi oldiga yangi chempionatda sovrinli o‘rinlar uchun kurashish vazifasi yuklatilgan.
Ushbu murakkab vazifani bajarish uchun klub rahbariyati bosh murabbiy lavozimiga serbiyalik Marko Nikolichni olib keldi. Ilgari Moskvaning “Lokomotiv” jamoasida ishlagan bu mutaxassis jamoani endilikda sobiq bosh murabbiy Vladimir Fedotovdan qabul qilib oldi.
Nikolich o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari, o‘rtoqlik va sinov-nazorat uchrashuvlarida futbolchilarning imkoniyatlarini baholab, yangi mavsum oldidan asosiy tarkibni shakllantirib olmoqchi.
Kuni kecha “armiyachilar” Serbiyaning OFK jamoasini 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. “Birodarlik kubogi” doirasida o‘tkazilgan ushbu bahsda Abbosbek Fayzullayev hisobni ochib, hamon SSKAning hujum chizig‘idagi yetakchisi ekanini yana bir karra isbotladi.
Rossiya sportini yoritib kelayotgan “Sport Ekspress” nashri Marko Nikolichdan yangi mavsum oldidan asosiy tarkibning qay darajada shakllanganligini so‘radi.
- Asosiy tarkib haqida gapirishga hali biroz erta. Oldinda yana ikkita uchrashuv bo‘ladi.
Afsuski, Abbosbek Fayzullayev ketyapti. Biroq Viktor Davila kabi o‘yinchi jamoaga qaytmoqda. Barcha futbolchilar sog‘-salomat. Bundan keyin ham shunday bo‘lishiga umid qilamiz, - dedi Marko Nikolich.
Abbosbek Fayzullayev O‘zbekiston U-23 terma jamoasi safida Parij shahri mezbonlik qiladigan Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan bo‘ldi. Legionerimiz 20 iyul kuni start oladigan Rossiya Premer-ligasining dastlabki turlarida SSKAga yordam bera olmaydi.
20 yoshli legionerimiz klubni vaqtincha tark etish borasida bosh murabbiy va klub rahbariyati roziligini olganini ma’lum qildi.
- 11 iyul kuni Olimpiya o‘yinlarida qatnashish uchun terma jamoa ixtiyoriga uchib ketaman. Ushbu musobaqaga maksimal vazifa qo‘yilgan. Ya’ni vatanimizga medallar bilan qaytish.
Klubdan ketishim borasida Marko Nikolich bilan suhbat ko‘p vaqt olgani yo‘q. Murabbiy bunaqa musobaqa hayotda bir marotaba bo‘lishi mumkinligini yaxshi biladi. Shunday qarorga kelgani uchun murabbiyga rahmat, - dedi Abbosbek Fayzullayev.
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi joriy yilning aprel oyida Qatarda o‘tkazilgan Osiyo kubogida muvaffaqiyatli qatnashib, ikkinchi o‘rinni egallagan edi. Ushbu turnir Osiyo mamlakatlari olimpiyachilari uchun Parij Olimpiadasiga saralash vazifasini ham o‘tadi.
Timur Kopadze boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi o‘z tarixida ilk marotaba Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma oldi.
Futbolchilarimiz Parij Olimpiadasining guruh bosqichida 24, 27 va 30 iyul kunlari turli mintaqalarning kuchli terma jamoalari – Ispaniya, Misr va Dominikan Respublikasi vakillari bilan kuch sinashadi.
Guruhda dastlabki ikki pog‘onani egallagan terma jamoalar pley-off bosqichiga yo‘llanma olib, medallar uchun kurashni davom ettiradi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari