O‘zbekiston kubogining nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Neftchi" (1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi va berilgan savollarga quyidagicha javob berdi.
O‘yin haqida
- Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Shunaqa qarshilik bo‘lishini kutgandik. Bugungi raqibimiz kuchli jamoa edi. Qiziqarli uchrashuv guvohiga aylandik. Yigitlar ko‘rsatmalarni to‘g‘ri va aniq bajarishdi. Turli yondashuvlarga asoslangan futbol o‘ynadik. Hujum, qarshi hujum, standart vaziyatlar, barcha jihatlar bo‘yicha harakat qildik. O‘yinga raqibdan kelib chiqib tayyorgarlik ko‘rdik. Birinchi bo‘limda vaziyatlarimiz ko‘proq bo‘lgandi. "Neftchi" jamoasi yaxshi himoyalandi, bizga imkoniyat bermaslikka harakat qilishdi. Katta g‘alabaga erishdik. Ikkinchi davra uchun tayyorgarlikka jiddiy kirishamiz.
- Zahiradan futbolchi maydonga tushirganingizda uning gol urishini his qilganmidingiz?
- Futbolni faqat bir futbolchi o‘ynamaydi. Murabbiylar shtabi futbolchining o‘yinga tayyorligiga ishongan holda maydonga tushiradi. Futbolchi diskvalifikatsiya yoki jarohatga duch kelishi mumkin. Bunda jamoada uning o‘rnini to‘ldira oladigan futbolchi bo‘lishi kerak. Imkoniyatdan unumli foydalanish kerak.
- Yozgi transferlar oynasi vaqtida rejalar qanday?
- Transferlar jamoadagi muvozatning buzilmasligi uchun amalga oshiriladi. Bizda hozir muvozanat bo‘yicha barchasi joyida, natijalarimiz bor. Vaziyatga qarab bizni qiziqtirgan variantlarni ko‘rib chiqamiz.
- Petkovich jarohat sabab bir nechta o‘yinlarni o‘tkazib yubordi. Hozirda u avvalgi darajasida o‘ynay olmayapti. Futbolchining o‘yini ikkinchi davrada ochilib ketishiga ishonasizmi?
- Men barcha futbolchilarga ishonaman. Unga moslashib ketishi uchun vaqt kerak, yana jarohat ham oldi. Bizda barcha bir-biriga yordam beradi. Uning mahoratiga ishonaman. Futbolchi faqat gol bilan jamoaga yordam bermaydi.
- "Neftchi" bilan Superligada duch kelganingizda mag‘lubiyat qayd etilgandi. Bugun g‘alaba qozondingiz. Jamoa hozirga kelib kuchaydi, Superliga jadvalida peshqadamlar qatorida. Mavsum yakunida chempionlik maqsadi bormi?
- Biz har bir o‘yinda g‘alaba uchun maydonga chiqamiz. "So‘g‘diyona" muxlislariga mavsum yakunida sovrin taqdim etish uchun kurashayapmiz, shunga intilamiz. Bizda katta vazifa shunday. Har bir g‘alabali o‘yindan so‘ng keyingi o‘yinda ham shu natijani qayd etish uchun harakatni boshlaymiz. Bizda sharoitlar ham yetarlicha.
- Sanjar Rashidovni ikkinchi davrada jamoada ko‘ramizmi?
- Bizga jamoada muvozanat kerak. Har bir futbolchini alohida qadrlaymiz, yoshlar bor, tajribali futbolchilar bor. Muvozanatni ushlashimiz kerak. Kimnidir zahirada qoldirish niyatimiz yo‘q. Yoshlarga ko‘proq imkoniyat berishimiz kerak.
- Kubokdagi navbatdagi raqib "Navbahor" bilan o‘yin haqida fikringiz?
- Har bir jamoa bilan o‘ynasa bo‘ladi. Bizda yaxshi tarkib yig‘ilgan. Kim raqib bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘z o‘yinimizni o‘ynaymiz. "Navbahor" kuchli jamoa, lekin biz bu o‘yinda g‘alaba uchun harakat qilamiz. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi