15:19 / 14.09.2016
6 270

UEFAga yangi prezident saylandi

UEFAga yangi prezident saylandi

Sloveniya futbol federasiyasi rahbari Aleksander Seferin UEFAning yangi prezidentiga aylandi.

Bugun Afina shahrida UEFA prezidenti saylovi o‘tkazildi. Unda tashkilotga a’zo 55 mamlakat vakillari 2 nomzod orasidan ovoz berish yo‘li bilan tashkilot rahbarini aniqlashdi.

Saylov yakuniga ko‘ra, sloveniyalik Aleksander Seferin 42 ovoz to‘plab, UEFA prezidenti qilib saylandi. Unga raqiblik qilgan niderlandiyalik Mixael van Praag 13 ovoz oldi.

49 yoshli Cheferin 2011 yildan buyon Sloveniya futbol federasiyasi rahbari bo‘lib ishlab kelmoqda edi. U endi 2007 yildan buyon UEFA rahbari bo‘lgan Mishel Platini o‘rnini egalladi.

Aleksander Seferin 1967 yilning 13 oktyabrida Lyublyanada tug‘ilgan. U Lyublyana universitetida huquqshunoslik bo‘yicha tahsil olgan. Avvaliga oilaviy firmaning advokatlik bo‘limida ishlagan. Bu firma professional sportchilar hamda sport klublarining manfaatlarini himoya qilish bilan shug‘ullangan. Keyinroq u otasidan firma boshqaruvini qabul qilib olgan va firma direktoriga aylangan.

Seferinning Sloveniya futbolidagi faoliyati 2005 yilda, u «Litiya» nomli futzal klubi bilan hamkorlik qilishga kirishgach, boshlangan. 2005 yilda Seferin «Lyublyana Loyers» nomli havaskor jamoa direktorlar kengashi tarkibiga kirgan, 2006-2011 yillarda esa Lyublyananing «Olimpiya» jamoasi boshqaruvida bo‘lgan.

Slovenchadan tashqari, Seferin ingliz va italyan tillarida bemalol so‘zlasha oladi. Uylangan, 3 farzandning otasi.

2011 yilda Seferin Sloveniya futbol uyushmasi prezidenti etib saylangan. 2015 yilning fevralida esa u o‘z lavozimiga qayta saylangan. Bundan tashqari, u 2011 yildan buyon UEFA Yuridik qo‘mitasida rais o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » UEFAga yangi prezident saylandi