
Amerika kubogi—2024 musobaqasining yarim final uchrashuvi bugun, 10 iyul kuni bo‘lib o‘tdi. Unda Argentina terma jamoasi Kanada terma jamoasini mag‘lub etdi. MetLife stadionida kechgan uchrashuv 2:0 hisobida yakunlandi.
Argentinaliklarning birinchi goliga Alvares mualliflik qildi. 51-daqiqada Messi turnirdagi o‘zining birinchi golini kiritib jamoasi g‘alabasiga hissa qo‘shdi.
Shu bilan birga Argentina jamoasi sardori uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

Shu tariqa Argentina ketma-ket ikkinchi bor Copa America finaliga chiqdi. 2021 yilda hal qiluvchi o‘yinda (1:0) argentinaliklar Braziliya terma jamoasini mag‘lub etib, kubokni qo‘lga kiritgan edi.
Endi Argentina finalda 11 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan Urugvay — Kolumbiya uchrashuvi g‘olibi bilan o‘ynaydi.
Argentina terma jamoasi 15 marta qit’a bosh sovrinini qo‘lga kiritgan va Urugvay terma jamoasi bilan birga men turnirdagi eng sovrindor jamoalardan biri hisoblanadi.
Amerika Kubogi—2024.
Yarim final
10 iyul, chorshanba
Argentina — Kanada 2:0
Gollar: 1:0 — Alvares (22), 2:0 — Messi (51).
Argentina: Emiliano Martines, Montiel (Molina, 71), Romero, Lisandro Martines, Talyafiko (Otamendi, 64), Di Mariya (Gonsales, 78), Mak Allister (Palasios, 78), De Paul, Fernandes, Messi, Alvares (Lautaro Martines, 78).
Kanada: Krepo, Lareyya (Ahmad, 55), Jonston, Kornelius, Lumpungu, Devis (Osorio, 71), Eushtakiu (Shuene, 72), Kone, Larin, Devid (Oluvaseyi, 64), Shaffelburg (Millar, 55).
Ogohlantirishlar: Devid (32), Eushtakiu (63), Marsh (77), Kone (79), Molina (88) “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar