20:33 / 10.07.2024
579

Hokim klubni sharmanda qilmaslikni so‘radi

Hokim klubni sharmanda qilmaslikni so‘radi
Fransiyaning eng mashhur klubi “Olimpik Marsel” o‘z safiga “Manchester Yunayted”dan quvilgan Meyson Grinvudni qo‘shib olishga urinmoqda.

Iste’dodli futbolchi bir necha yil oldin zo‘ravonlikda ayblangani uchun uning reputatsiyasiga dog‘ tushgani faoliyatiga ham salbiy ta’sir qilmoqda. Bir yil davom etgan surishtiruvdan keyin Meysondan ayblov olib tashlangan. Lekin bu uning foydasiga ishlayotgani yo‘q.

Marsel shahri meri Benua Payyan klubning Grinvudni olayotganiga qarshi chiqmoqda.

- Grinvudning xatti-harakatlarini qabul qilib bo‘lmaydi. U qizni urgan, men bu kadrlarni ko‘rdim, holat menga yomon ta’sir qildi. Ayollarga qo‘l ko‘tarish erkak kishiga yarashmaydi.

Men Grinvudga jamoamizda joy yo‘q, deb hisoblayman. Marsel shahri va “Olimpik Marsel” qadriyatlari umuman boshqa. Klub prezidentidan Grinvudni olmaslikni so‘rayman. Men jamoamizda ayol kishini do‘pposlagan futbolchi o‘ynab, klubimizni sharmanda qilishini istamayman
, - dedi Benua Payyan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Hokim klubni sharmanda qilmaslikni so‘radi