20:49 / 11.07.2024
930

Fayzullayevning ketganini SSKA muxlislari qanday qabul qildi?

Fayzullayevning ketganini SSKA muxlislari qanday qabul qildi?
Rossiya Premer-ligasining yangi mavsumida yuqori o‘rinlar uchun kurashishga tayyorlanayotgan SSKA klubi rahbariyati jamoaning yetakchi o‘yinchisi Abbosbek Fayzullayevni O‘zbekiston terma jamoasi safiga qo‘yib yubordi.

20 yoshli hujumkor futbolchimiz Fransiya poytaxti Parij shahri mezbonlik qiladigan yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishga hozirlik ko‘rayotgan terma jamoamiz safiga borib qo‘shildi.

- Abbos Fayzullayev 2024 yilgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun O‘zbekiston terma jamoasiga ixtiyoriga jo‘nab ketdi.

Olimpiadaning futbol musobaqalari 24 iyuldan 9 avgustgacha davom etadi. Guruh bosqichida O‘zbekiston futbolchilari Ispaniya, Misr va Dominikan Respublikasi terma jamoalari bilan o‘ynaydi.

Abbosga va uning jamoasiga muvaffaqiyat tilaymiz, klubga orzusidagi medallar bilan qaytishini kutib qolamiz
, - deyiladi SSKA matbuot xizmatining rasmiy bayonotida.

O‘z navbatida, SSKA muxlislari ijtimoiy tarmoqlar orqali Abbosbek Fayzullayevning Olimpiadada qatnashishini keng muhokama qila boshladi.

Dmitry Novozhenin:
Abbosning o‘yinlarini Premer-liga startida ko‘ra olmas ekanmiz.

Chief Accountant:
Balli Abbos, sen zo‘rsan!

Andrey Igorevich:
Tezroq qayt, eng muhimi jarohatlarsiz kel!

Yelena Yevstyunicheva Vologda:
Abbosga omad, gollar, zo‘r o‘yin va katta g‘alabalar tilaymiz!

Rinat Xabirov:
Faqat Fayzullayev uchun Olimpiadaning futbol bo‘yicha bahslarini tomosha qilaman.

Korchashkin Ilya:
Qiyin guruh ekan, Abbosga omad yor bo‘lsin.

Rostislav:
Jarohatsiz kelishingni tilab qolamiz.

Krasno siniy samiy silniy:
Omad, ispanlarni yutib qo‘yinglar!

Roman Sviderskiy:
Abbos, omad, muhimi jarohat olma.

Rask:
Abbosga muvaffaqiyat!

Artyom:
Abbos omad, hammamiz sog‘-salomat, jarohatlarsiz qaytishingni istaymiz. Qani olg‘a!

Parad:
O‘zbeklar Osiyoda zo‘r o‘ynayotgan jamoa.

Novik59:
Abbos musobaqada uzoq qolsa kerak, muhimi jarohatsiz qaytsin.

1234qweasz:
Fayzullayev, albatta bizga medal olib kel!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fayzullayevning ketganini SSKA muxlislari qanday qabul qildi?