
O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi shu yilning 23 - 31 mart kunlari Bangladeshda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga saralash musobaqasiga tayyorlanish maqsadida 7 mart kuni Olmaliqning "Olmaliq" klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi.
Baxtiyor Ashurmatov boshchilik qilayotgan Olimpiya terma jamoasi "Jar" sport majmuasining zaxira futbol maydonida o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida kichik - 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvdagi yagona gol o‘yinning 35-daqiqasida "Olmaliq"ning moldovalik futbolchisi Adrian Kashkaval tomonidan kiritildi.
Nazorat uchrashuvi.
07.03.2015
Toshkent. "Jar" stadioni
O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi - "Olmaliq" (Olmaliq) 0:1
Gol: A. Kashkaval (35)
Olimpiya terma jamoasi yig‘iniga jalb qilingan futbolchilar ro‘yxati:
1. Abror Karimov ("Lokomotiv")
2. Xurshid Muxtorov ("Qo‘qon-1912")
3. Javlon Mirabdullaev ("Metallurg")
4. Abdulloh Olimov ("Neftchi")
5. Muhsin Ubaydullaev ("Neftchi")
6. Nikita Pavlenko ("Olmaliq")
6. Sardor Sobirxo‘jaev ("Bunyodkor")
7. Javohir Rasulov ("Neftchi")
8. Shohnazar Norbekov ("Metallurg")
9. Islom Isoqjonov ("Olmaliq")
10. Temur Ayupov ("Bunyodkor")
11. Sergey Smorodin ("Neftchi")
12. Maksimilian Fomin ("Dinamo")
13. Xasan Asqarov ("Buxoro")
14. Jasur Hakimov ("Sug‘diyona")
15. Iskandar Shayqulov ("Paxtakor")
16. Quvondiq Ro‘ziev ("Qo‘qon-1912")
17. Ikrom Aliboyev ("Lokomotiv")
Manba: www.uff.uz
O‘zbekiston OlimpiyaOlmaliq klubiO‘rtoqlik uchrashuviBangladesh chempionatiJar sport majmuasiFutbolchilar ro‘yxati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar