
Foto: WBA
Super yarim o‘rta vazn toifasida WBA kamari sohibi, o‘zbekistonlik Isroil Madrimov (10-0-1, 7 KO) navbatdagi jangini yarim o‘rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni, WBC va WBA kamarlari egasi Terens Kroufordga (40-0, 31 KO) qarshi o‘tkazadi.
3 avgust kuni AQSHning Los-Anjeles shahrida o‘tkaziladigan jang oldidan ushbu bahsni translyatsiya qiladigan DAZN telekanali promo rolik tayyorladi. Unda 29 yoshli o‘zbekistonlik va 36 yoshli amerikalik bokschilarning bu janggacha faoliyati sahnalashtirilgan.
«Krouford va Madrimov afsonaviy jangda to‘qnash kelishadi. Aminmanki, bu jang yengilmas Krouford uchun ham faoliyatidagi eng qiyin sinovlardan biriga aylanadi», - deya yozadi Saudiya Arabistoni ko‘ngilochar ishlar ishlar bo‘yicha departament raisi Turki ash-Shayx.
Ma’lumot uchun, amerikalik 36 yoshli charmqo‘lqop ustasi professional faoliyatida 40 ta jang (31 nokaut) o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Yengilmas Krouford so‘nggi bor 2023 yil iyul oyida hamyurti Errol Spensni muddatidan avval mag‘lub etgandi.
Madrimov esa shu yilning mart oyida rossiyalik Magomed Qurbonovdan ustun kelib, WBA kamarini qo‘lga kiritdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar