00:30 / 14.07.2024
215

Gari Lineker: "Yamal aqldan ozdiryapti. Xatto Messi o‘zini bunchalik ko‘rsata olmagan"

Gari Lineker: "Yamal aqldan ozdiryapti. Xatto Messi o‘zini bunchalik ko‘rsata olmagan"
Sobiq futbolchi Gari Lineker Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal o‘yinidan hayratda ekanligini aytdi.

"Menga Ispaniya hech narsadan qo‘rqmay harakat qilayotgani, ularning vingerlari judayam yuqoriga chiqayotgani yoqyapti.
Ular Fransiyadan ancha kuchliroq edi. Ular barcha 6ta bahsda penalti yordamisiz g‘alaba qozonishdi.

Jamoada yaxshi futbolchilar bor. Pedri, Dani Olmo. Ikkala vinger ham juda kuchli. Alvaro Morata jamoa uchun o‘zini qurbon qilyapti. Uning harakatlanishi yoqyapti.

Rodri - kamida so‘nggi ikki yilning eng yaxshi tayanch yarim himoyachisi. U turnirning eng yaxshi futbolchisiga aylansa kerak... Agar 16 yoshli Yamal bu sovrinni ilib ketmasa.

Lamin meni aqldan ozdiryapti. Uning yoshida bunday ishlarni bajarish hayratlanarli. Ueyn Runi qanday paydo bo‘lgani esimda. U o‘zgacha bo‘lgan, ammo Yamaldek emas.

Pele JCH finalida 2ta gol urgan, ammo u 17 yoki 18 yoshda edi. Hatto Lionel Messi xalqaro o‘yinlarda o‘zini bunday ko‘rsatmagandi.

Biz ko‘rib turgan narsalar - judayam hayratlanarli. Yamal qilayotgan ishlarni aqlimga sig‘dira olmayapman
", - deydi Lineker.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gari Lineker: "Yamal aqldan ozdiryapti. Xatto Messi o‘zini bunchalik ko‘rsata olmagan"