
Yurtimizning ko‘zga ko‘ringan MMA jangchisi "Mirko" nomi bilan nafaqat O‘zbekistonda balki Birlashgan Arab Amirligida ham anchagina taniqli bo‘lgan, Mirafzal Axtamovning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi.
2 avgust kuni AQSHning Nyu-York shtati Salamanka shahrida okean ortining nufuzli promousheni LFA navbatdagi turnirini o‘tkazadi. Yurtdoshimiz mazkur jang kechasining asosiy kardida AQSH vakili Jefrey Kreygga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Ushbu to‘qnashuv yarim o‘rta vazn (77,1 kg) toifasida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, hamyurtimizning professional ko‘rsatkichi 6-0-1 bo‘lsa, Kreygning rekordi 5-2 ko‘rinish olgan. shu o‘rinda Axtamov asosan Dubayda yana bir hamyurtimiz Husan Majlimov qo‘l ostida mashg‘ulotlar olib borishini ham aytib o‘tish joiz.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar